O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
Do'stlik qadriyatli - yo'naltirilgan birlik - pozitsiyalar va baholarning mos
kelishi, olamni tushunishning umumiyligi asosida yuzaga keladi. Do'stlikda odamning intim (dilga, ko'ngilga yaqin) munosabatlarga ehtiyoji qondiriladi, uning o'z qadrini tan olinishi amalga oshadi. Yoshlik va ilk yetuklik yoshida u emotsional boyitilgan bo'ladi, navbatdagi yosh davrlarida esa u - ijtimoiy turg'unlik va himoyalanganlik omili bo'lib qoladi. Do'stona munosabatlarda odamlar go'yo shaxslararo munosabatlar etalonini shakllantiradi, ularni yuqori axloqiy asosga o'tkazadilar. Sevgi - shaxsga hissiy ijobiy munosabatda bo'lishning oliy darajasidir, uning asosida shaxsning ijtimoiy va fiziologik jihatlari (afzalligi, yutuqlari)ni o'ta yuqori baholash, unga talpinish, uning uchun shaxsan eng ahamiyatli bo'lib qolishga intilish yotadi. Sevgining ehtirosliligi - odam psixikasida ustivorlik qiluvchi, uning barcha fikr-o'ylari va ishtiyoqini birlashtiruvchi kuchli va barqaror his bilan xarakterlanadi. Bunda individning ratsional - rolli faoliyati ko'pincha ong osti - hissiyotli ustuvorlik (dominanti) bilan singishib ketadi. Chuqur intim his bo'lar ekan, sevgi da'vogarlik hissini tug'diradi - javob hissini talab qiladi va ko'pincha azobli his, rashk bilan kuzatiladi. Sevgidagi ijtimoiy asos individning biologik ehtiyojlari bilan integratsiyalanadi. Muloqot jarayonida odamlar doimo bir-biri bilan psixologik o'zaro munosabatda bo'ladilar. Bu o'zaro munosabatlar maqsadga yo'naltirilgan va spontan, anglangan va ong ostida (anglanmagan) bo'lishi mumkin. Muloqotdoshiga ongli ta'sir ko'rsatish, maqsadga yo'naltirilgan e'tiqod bilan shakllanadi. Ishonch - psixik ta'sir etishning ma'lum bir vazifasiga mos ravishda faktlarni tanlab olish va umumlashtirish, sherik ongiga ta'sir etishdir. Ishonchning ob'ektiv asosini - postulatlar (qoida, farazlar)ning samimiyligi, psixologik asosi (zamini)ni esa - sub'ektning tegishli ma'lumotni idrok etish va o'zlashtirishga motivatsion tayyorligi, unda zarur ma'lumot bazasining mavjudligi tashkil qiladi. 230 Oldindan (bilmay turib) paydo bo'lgan fikr, noto'g'ri (xato) tushuncha, soxta (salbiy) fikr, taxminlar - ishonchning shakllanishiga halaqit qiluvchi psixologik to'siqlar bo'lib hizmat qiladi. Individ o'z taxminlari shubhalarini anglamasligi va intuitiv yoqimsiz bo'lgan yangi muloqotni yaroqsizdek baholashi mumkin. Ishonchning shakllanishiga har-xil irm-sirimlar, xurofotlar - mazkur ijtimoiy muhitda keng tarqalgan shablonli mulohazalar, stereotiplarni notanqidiy o'zlashtirib olish ham halaqit qilishi mumkin. Ishonchning samarali bo'lish sharti - bu ta'sir etayotgan odamning yuqori axloqiy va intellektual obro'ga egaligiga bog'liq. Bunda e'tiqod jarayoniga so'zsiz ishonch ham qo'shiladi. Argumentlashmagan ijtimoiy o'zaro munosabatlarning yana bir turi - taqlid (namunaga, misolga amal qilish, ergashish)dir. Taqlid - ijtimoiy o'rganish vositalaridan biri, ijtimoiy tajribani o'zlashtirishdir. Bola o'ziga qulay bo'lgan, o'zi o'zlashtirishi, tushunishi oson bo'lgan ijtimoiy namunalarga taqlid qiladi. O'smirlik davrida tiqlid qilish individning eng obro'li, ijtimoiy etalon sifatida idrok qilinuvchi shaxslarga oriyentir qilishga intilishi bilan bog'liq. Taqlid ichki va tashqi motivlashgan, anglangan bo'lishi mumkin. Tashqi taqlid urf-odat va modalar kabi ijtimoiy psixologik hodisalarga asoslanadi. Psixik o'zaro munosabatlarning eng keng tarqalgan shakllaridan yana biri konformlikdir (lot. conformis - o'xshash). Konformlik - ijtimoiy standartlar talabalariga bo'ysinish, shaxsning ijtimoiy taz'iqlarga yon bosishidir. Agar taqlid - shaxs ustanovkalarga mos keladigan xulq namunalarini ishlab chiqish bo'lsa, konformlik esa - mazkur shaxsning ustanovkalari va pozitsiyalariga, hatto qarama-qarshi bo'lgan guruhning talablariga bo'ysinishidir. Konformli Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling