O'zbekiston respublikasi profi universitety


Har bir shaxs o'z xususiyatlarini me'yor deb, boshqalarning


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Har bir shaxs o'z xususiyatlarini me'yor deb, boshqalarning 
xususiyatlarini esa - me'yordan og'ish deb tan olishga moyil bo'ladi. Shu bilan 
birga, xulqning tashqi ifodalanuvchi jihatlari ko'pincha xulqning haqiqiy motivlari 
va maqsadlarini niqoblab turadi. Faqat maxsus diagnostikasi metodlari (kontent - 
tahlil, omilliy tahlil, shaxs so'rovnomalari, testlar, shaxsni guruhli baholash 
metodlari va boshqalar) sub'ektiv xulqiy namoyon bo'lishning ob'ektiv mohiyatini 
aniqlash imkonini berishi mumkin. 
Ma'lum bir taassurotlar odam tomonidan o'z hissiyotini (poza, mimika, 
harakatlar ekspressiyasi)ni tashqi ifodalash asosida shakllanadi. Biroq bu o'rinda 
ham shoshilinch chiqarilgan hukmlardan ehtiyot bo'lish kerak. Boshqa odamni
faqat uning xulqini turli sharoitlarda tahlil qilib, u o'zining vaziyatli niqobini 
tashlagan vaqtdagina tushunish mumkin. 
Ko'pincha yaqin odamlar bilan muloqotda bo'lish, yaxshi tanish bo'lmagan 
odamlar bilan bo'ladigan muloqga qaraganda qiyinroq bo'ladi. Bu shu bilan 
tushuntiriladiki, biz odamni qanchalik yaxshi bilsak, biz uning uchun nima 
qanchalik noqulay ekanligini, u nimani xazm qila olamasligini, shunchalik yaxshi 
bilamiz. Umumiy qadriyatli yo'nalishga ega bo'lgan odamlar bir-birlarini yaxshi 
tushuniladilar. Faqat ma'naviy birlikkina - boqiy birlikning asosidir. 
Har bir odam boshqa odamlarni o'lchashning o'z masshtabiga ega bo'ladi. 
Muloqot jarayonida boshqa odamni bilib borar ekan, individ uni xulqining bo'lishi 
mumkin bo'lgan strategiyasini aniqlab boradi va o'zining xulqiy strategiyasini 
adekvat tuzib borishga intiladi. Bu o'rinda mazkur strategiya muloqot bo'yicha 
sherigi tomonidan qanday baholanishi ham inobatga olinadi, - ijtimoiy refleksiya 
hodisasi yuzaga keladi. 
Muloqot samaradorligi ko'pincha sherigi xulqi motivini tushunmaslik 
tufayli keskin pasayadi, motivlarni noto'g'ri interpretatsiya qilish tufayli esa 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling