O'zbekiston respublikasi profi universitety


Muloqotni kommunikativ faoliyat sifatida ko'rib chiqamiz


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Muloqotni kommunikativ faoliyat sifatida ko'rib chiqamiz.
Kommunikatsiya - muloqotning mazmuniy jihatidir. Ularni boshqa 
odamlar tomonidan mazmuniy idrok qilishga yo'naltirilgan xatti-harakatlar - 
kommunikativ xatti-harakatlar deyiladi. 
Kommunikativ aktlarda muloqotning informativ, fatik (kontakt) va 
boshqaruv vazifalari ro'yobga chiqariladi. Ma'lumotlar almashinadi, odamlar bir-
birlariga ta'sir qiladi. 


225 
Muloqot jarayonida ular psixologik aloqa o'rnatishga, bir-birining 
pozitsiyasini aniqlashga, tahlil qilinayotgan vaziyatga munosabatini shakl-
lantirishga intiladilar. Kommunikator (ma'lumotni uzatayotgan shaxs): ochiq 
chetlashtirilgan yoki yopiq pozitsiyalardan biriga amal qilishi, ya'ni o'z nuqtai 
nazarini yashirishi mumkin. Ma'lumotni idrok qilish uni retsipiyentga yoki 
auditoriyaga “yuklanishi”, mativatsion holat va ma'lumotli tayyorlanganligiga 
bog'liq bo'ladi. 
Ma'lumotni tushunish (uni mavjud aloqalar, tushuncha va tassavvurlar 
tizimiga kirishi) uchun, muloqotga kirishayotgan tomonlar yagona belgilar, 
mohiyatlar tizimidan foydalanishi zarur. Psixologik, ijtimoiy va madaniy to'siqlar, 
muloqot vaziyatini noadekvat aks etish, muloqot uchun to'siq bo'lishi mumkin. 
Shaxslararo munosabat - odamlarning sub'ektiv kechinayotgan o'zaro 
aloqasi va o'zaro ta'siridir. Shaxslararo o'zaro munosabatlar psixologiyasi 
muloqotga 
kirishuvchilarning 
ijtimoiy 
pozitsiyalari, 
ularda 
mazmunning 
shakllanish tizimi, ijtimoiy psixologik refleksiyaga qobiliyati bilan belgiladi. 
Shaxslararo o'zaro munosabatlar ijtimoiy pertseptsiya va kauzal atributsiyalar bilan 
shartlanadi. 
Ijtimoiy pertseptsiya - ijtimoiy ob'ektlar - odamlar, etnik guruhlar va 
sh.k.larni idrok etishning ijtimoiy shartlanganligidir. Bunda, kauzal atributsiya 
(lot.causa - sabab, attributio - beraman) deb ataluvchi - boshqa odamlar xulqi 
sabablari va motivlarini sub'ektiv tushunish, ularning shaxsiy sifatlarini sub'ektiv 
izohlash (interpretatsiya qilish) amalga oshadi. 
Odamlarning bir-biriga munosabatining turg'un ustanovkasi - attityudlar 
mavjud. Idrok qilinayotgan ijtimoiy ob'ekt mazkur odamdagi mavjud aloqalar 
mazmuniy tizimiga kiradi. Muloqotga kirishayotgan odamlarning ayrim sifatlari 
o'xshash bo'lsa yoki bir-birini to'ldirsa ijobiy ustanovkalar yuzaga keladi; sifatlar 
mos kelmasa, psixologik nomoslik holatlarida - salbiy ustanovkalar yuzaga keladi. 
Idrok qilinayotgan ijtimoiy ob'ekt ham passiv emas - u ma'lum bir taassurot 
uyg'otishga harakat qiladi, ma'lum bir ijtimoiy guruhning ijtimoiy kutishini aks 
ettiruvchi, o'zaro munosabatlar muvaffaqiyatini ta'minlovchi, o'zining ma'lum bir 
obrazi - imidjini yaratadi. Muloqotdagi sherigiga ta'sir qilar ekan, odamlar odatda, 
o'z maqsadlariga erishish uchun qulay taassurotni yaratishga intiladi, muloqotdoshi 
xulqi va tashqi ko'rinishiga nisbatan stereotip xulosalar qiladi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling