O'zbekiston respublikasi profi universitety


Ijtimoiy guruhning rivojlanishi bir-necha bosqichdan o'tadi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Ijtimoiy guruhning rivojlanishi bir-necha bosqichdan o'tadi 
Birinchi bosqichda, guruh faollari faollik ko'rsata boshlagan vaqtda, rahbar 
shu faollar bilan hamkorlikda ish yuritadi, ularning mustaqilligi va 
tashabbuskorligini rag'batlantirib boradi. 
Ikkinchi bosqichda, guruhning barcha a'zolari uning faollariga aylanadi
jamoa sha'ni, uning yutuqlarini qadrlaydigan bo'ladi. Guruhning alohida olingan 
bir a'zosiga nisbatan talabni endi rahbar emas, balki butun jamoa qo'yadi. 
Guruh rivojlanishining oliy bosqichida shaxs o'zi - o'ziga talab qo'yadi. 
Jamoaning noroziligi, e'tirozi, qoralashi ta'sir etishning oliy darajasi hisoblanadi. 
Turli ijtimoiy guruhlar o'rtasida turlicha munosabatlar yuzaga keladi, 
sohalararo munosabatlar psixologiyasi ro'yobga chiqariladi. Bunda guruhlararo 
idrok, guruhlararo o'zaro baholash fenomeni yuzaga keladi. Guruhning 
xarakteristikasi uning barcha a'zolariga ko'chiriladi. Agar o'z guruhi jihatlari, 
yutuqlari har qandaqasiga ustivorlik qilsa guruh ichida favoritizm effekti, agar 
boshqa guruh a'zolarining yutuqlari ustunlik qilsa - guruhlararo diskriminatsiya 
effekti yuzaga keladi. 
Guruhlarning hamkorlikdagi faoliyati kengaytirilganda guruhlararo idrok 
yanada adekvatroq bo'lib boradi. Boshqa guruhlar bilan bo'ladigan munosabatlar 
muvaffaqiyatsiz bo'lgan holatlarda mazkur guruhdagi shaxslararo munosabatlar 
yomonlashib boradi, guruh ichida nizolilik ortadi. 
Guruhlararo 
aloqalar 
gorizontal 
va 
vertikal, 
iyerarxik 
bir-biriga 
bo'ysundirilgan bo'lishi mumkin.
Ijtimoiy guruh hayotiy faoliyatining boshqaruvchi mexanizmi – guruhli 
ongdir. Biroq, odatda, guruhli ong ijtimoiy tizimlanmaganlikdan, hayotiy 
empirizmi, kundalik turmushning ayrim tomonlariga tanlovchan munosabatda 
bo'lishi bilan farqlanadi. Guruhli ong siyosiy tashkilotlarning maqsadga 
yo'naltirilgan tizimli ta'siri natijasida ham, ommaviy axborot vositalari ta'siri 
natijasida ham va stixiyali, amaliy va hayotiy tajriba, urf-odat va an'analar ta'sirida 
ham shakllanishi mumkin. 


223 
Odam olamni, u bilan murosada bo'lishi uchun, unda o'z o'rnini topish uchun 
anglab, bilib boradi. Har bir odamning o'z “sog'lom fikri”, xulqiy aktning 
maqsadga muvofiqligini hisoblovchi o'z tizimi bo'ladi. Boshlanish pozitsiyasi zaif 
bo'lgan odamlar shubhali doktrinalar, gipnozlovchi soxta afsonalar chorloviga oson 
beriladi, bunday shubhali shiorlarning noto'g'ri, noqonuniy ishlariga qo'shilib 
ketadi. 
G'oya omma manfaatlarini ifodalasa, u shu omma uchun jozibali hisob-
lanadi. Odamga, uning yo'li ufqlarini ko'rsatib borish shubhasiz zarur. Hayvonlar 
instinktlar tufayli bunday muommolarni bilmaydi. Odam esa turli yo'nalishlardan 
borishga qodir, shuning uchun u “to'g'ri” mayoqlarni, “haq” ta'limotlarni hamma 
narsadan yuqori qadrlaydi. 
Odamlarning ijtimoiy o'zaro munosabalari muloqot vositasida amalga 
oshiriladi. Ijtimoiy muloqot - shaxsni ijtimoiylashuvining, guruhli va jamoa ongini 
shakllantirishning asosiy vositasidir. Shaxs muloqot vositasida ijtimoiy-psixologik 
aloqalarning, o'zaro munosabatlarning murakkab tizimiga kirishadi. 


224 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling