O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

 
CHEGARALANGAN 
 
DEKONSTRUKTIV 
 
AJRATUVCHI 
“MEN” 
XARAKTERIDAGI 
 
CHEGARALANMAGAN 
 
TESKARI VORONKA TAMOYILI 
 
NIZOLAR ESKOLATSIYASI 
41- rasm. Nizolarning farqlanishi (turlari) 
Ajratuvchi nizolar, aksariyat hollarda “chegaralanmagan” nizolar bo'lib, 
o'z xarakteri, ishtirokchilari, hal etilishi va oqibatlariga ko'ra “rahbar ↔ xodim” 
munosabatlari doirasidan chetga chiqadi. Bunday nizolarga jamoa, guruhning 
boshqa a'zolari, hatto guruh a'zosi bo'lmagan “begonalar” ham aralashishi mumkin. 
Ijtimoiy psixologiyada “teskari voronka” tamoyili degan ibora mavjud. Bu 
ibora, turli guruhlarda, shaxslararo munosabatlarda ma'lumotlarning tarqalishiga 
nisbatan qo'llaniladi. Bunga ko'ra, nizo haqidagi ma'lumotlar (gap, so'z) nizo 
ishtirokchilari diadasidan chiqib, uchinchi, to'rtinchi va hokazo odamlarga o'tib, 
undan habardor bo'lgan, unga jalb etilgan odamlar soni ortib borgani sayin, ya'ni 
ma'lumot manbaidan uzoqlashgan sari, uning ko'lami kengayib boraveradi. 
Tomonlar nizolashib va bu haqda uchinchi odamga gapiradigan bo'lsa, 
ularning har biri imkon qadar o'zini aybsiz, haq qilib ko'rsatishga (haqiqatan ham 
shunday deb hisoblaydi) harakat qiladi. Shu uchinchi odamni o'zining manfaatini 
himoya qilishga og'dirib olish maqsadida bir yoqlama gapiradi. Bunda sub'ekt 
foydalanadigan gap-so'zlar, ohang, imo-ishoralar, mimika, urg'u va boshqalar 
deyarli barcha verbal va noverbal vositalar, ro'y berib o'tgan hodisa (nizo-
janjal)ning asl holatiga qaraganda bo'rttirilibroq idrok etilishini ta'minlaydi. Nizo 
haqida qanchalik ko'p odamlar xabardor bo'lib borgani sayin u ayanchli tus olib, 


237 
avjlanib boraveradi va oqibatda, u, boshlanishida osongina hal qilinishi mumkin 
bo'lgan holatdan, tuzatib bo'lmaydigan, munosabatlarning butunlay buzilishi 
darajasigacha yetishi mumkin. 
Shunday ekan, shaxslararo munosabatlarda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan 
nizolarga birdek salbiy jihatdan qarayverish ham, yoki ularni birdek oqlash ham 
maqsadga muvofiq emas. Turli idoralar faoliyatida xodimlar, o'zlarining kundalik 
va xizmat muloqoti jarayonida ro'y beradigan biriktiruvchi, chegaralangan 
nizolarga tayyor bo'lishlari, ularning biriktiruvchilik, o'zaro munosabatlarning 
ijobiy rivojlanishini ta'minlovchi, “biz” xarakteridagi nizolarning samarali 
jihatlarini 
oshirishga 
va 
aksincha 
ajratuvchi, 
“men” 
xarakteridagi, 
chegaralanmagan nizolarning oldini olishi, ularning salbiy oqibatlaridan ogoh 
bo'lishlari lozim.
Chizmada ko'rinib turganidek, shaxslararo munosabatlarda yuzaga keladigan 
biriktiruvchi (konstruktiv) nizolar asosan ijobiy psxologik iqlim hukm surgan 
jamoalarda ro'y berib, ular yuzaga kelgan qarama- qarshiliklarni hal etilishi, 
“rahbar ↔ xodim” o'zaro munosabatlarida hamkorlikning yuzaga kelishi va oxir-
oqibat ular munosabatlarining mustahkamlanishiga olib boradi. 
Ajratuvchi (destruktiv) nizolarda, yuqorida aytib o'tilganidek, bir nizoning 
xal etilishi (ya'ni tomonlardan birining manfaatini qondirilishi), navbatdagi 
nizoning yuzaga kelishiga asos yaratadi. O'z navbatida, bunday, “men” 
xarakteridagi, “chegaralanmagan” nizolar tufayli shaxslararo munosabatda 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling