O'zbekiston respublikasi profi universitety


yuzaga kelishi→ular yana qisman hal qilinishi”


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

yuzaga kelishi→ular yana qisman hal qilinishi” zanjiridagi munosabatlardir. 
Bu, keltirib o'tilgan to'rt tip ichida eng xarakterlisi va jiddiy e'tibor talab 
qilinadiganidir. Chunki, ayrim holatlarda shaxslararo munosabatlarning yomonligi 
tufayli bunday munosabat egalari o'zaro munosabatlarini uzil kesil buzib, boshqa 
guruhga (boshqa ishga) o'tib ketishi mumkin. Odatda bir jamoada “yomon otliq” 
bo'lib, boshqa jamoaga tushib qolgan shaxs, yangi joyda imkon qadar o'zini yaxshi 
ko'rsatishga, oldingi jamoada yo'l qo'ygan xatolarini bu yerda takrorlamaslikka 
harakat qiladi. Bunday vaziyatlarda sobiq nizodoshlar o'z xatolarini tushunib yetib, 
kelgusida ularga yo'l qo'ymasligi, yangi shaxslararo munosabatlar tizimiga 
muvaffaqiyatli kirishib ketishi mumkin. 
Biroq 3 - tip o'zaro munosabatlari zaminida yuzaga keladigan nizolar, nizoli 
vaziyatlarning “boshi - berk ko'chaga kirib qolishi” bilan farqlanib turadi. 
Jamoalarda bunday munosabatlarning mavjud bo'lishi, jiddiy oqibatlarga olib 
kelishi mumkin. Shuning uchun imkon qadar shu toifa shaxslararo munosabatlar 
tipining shakllanishini oldini olish, unga yo'l qo'ymaslik lozim. Buning uchun 
jamoalarda ijobiy psixologik iqlimni ta'minlanishiga erishish, ularning psixologik 
savodxonlik darajasini oshirish lozim bo'ladi.


239 
III BOB 
 
KATTA IJTIMOIY GURUHLAR VA ULARNI O'ZINI-O'ZI 
BOSHQARISHINING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI 
 
1 §. Katta ijtimoiy guruhlar haqida tushuncha 
Katta ijtimoiy guruh - qat'iy qadriyatlar, xulq me'yorlari va ijtimoiy - 
boshqaruv mexanizmlariga ega bo'lgan, miqdoran cheklanmagan ijtimoiy jamoadir 
(partiya, etnik guruhlar, ishlab-chiqarish sohalari va jamoatchilik tashkilotlari). 
Katta guruhlar tuzilishi va vazifasiga ko'ra tashkiliydir. Ularni ommaviy 
jamoalar (yoshlar, ayollar, erkaklar, o'smirlar va sh.k.) bilan almashtirib 
yubormaslik kerak.
Katta guruhlar hayotiy faoliyatini ijtimoiy-psixologik boshqaruvchilari - 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling