O'zbekiston respublikasi profi universitety
ijtimoiy jarayonlarning emotsional nazariyasi va psixik ta'sirlanish
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
ijtimoiy jarayonlarning emotsional nazariyasi va psixik ta'sirlanish
(zaharlanish, yuqish) tushunchasini ishlab chiqdi. Frantsuz sotsiologiya maktabi asoschisi Emilь Dyurkgeym (1858-1917) ijtimoiy-psixologiyaning qator kontseptual asoslarini ishlab chiqdi. U inson xulqini tushuntirishning asosiy tamoyili sifatida “jamoa tasavvuri” fenomenini farqlab ko'rsatadi, uning fikricha bu fenomen, ayrim individlar tomonidan olamni qanday aks ettirilishini (tasavvur qilinishini) belgilab beradi. Dyurkgeym fikriga ko'ra individ xulqi jamoa ongi bilan belgilanadi. Individni “jamiyatning bir hujayrasi” deb hisoblovchi G.Tardning “ijtimoiy atomizatsiya” sidan farqli o'laroq, E. Dyurkgeym sotsiumning umum tan olingan ijtimoiy qadriyatlar asosida birlashuvi g'oyasini himoya qiladi. Dyurkgeym haqli ravishda ta'kidlaganidek, odamlar xulqining ijtimoiy sifati, jamiyatning qadriyatli-me'yoriy integratsiyalashuvi, uni ijtimoiy aloqalarining rivojlanganligiga bog'liq bo'ladi. Jamiyatning qadriyatli-me'yoriy inqirozi, undagi mavjud, an'anaviy qadriyatlarning buzilishi - ommaviy xuquqiy desotsializatsiyani (ijtimoiylikning buzilishini) yuzaga keltiradi. Bu holatni E. Dyurkgeym anomiya 1 deb atadi. Anomiya holatida jamiyatning ko'pchilik a'zosi uchun ijtimoiy, ayniqsa huquqiy me'yorlarning ahamiyati yo'qoladi. Xulqning etalon obrazlaridan mahrum bo'lgan individda, o'zini-o'zi boshqarish darajasi keskin pasayib ketadi, bunday holatda u ijtimoiy nazorat ostidan chiqib ketadi. Dyurkgeymning ta'kidlashicha, ommaviy deviantlikni (qonunbuzarlikni) tug'diruvchi anomiya, jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlarni tayyorlaydi va yaqinlashtiradi (tezlashtiradi) (Sotsiologiya prestupnosti.- M., 1966). G. Tard, G. Lebon va E. Dyurkgeymlar, shaxsning shakllanishida ijtimoiy omillarning birlamchi ekanligini ta'kidlar ekanlar, ijtimoiy psixologiyaning rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatdilar. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida ingliz psixologi U. Mak-Dugall (1871-1938) ijtimoiy-psixologik bilimlarni yaxlit tizimga keltirishga urindi. U 1908 yili o'zining “Ijtimoiy psixologiyaga kirish” - deb nomlangan kitobini nashr etadi. Shu munosabat bilan G'arb olamida, aynan shu kitob chop etilgan sana ijtimoiy psixologiyaning mustaqil fan sifatida uzil-kesil qayd etilgan sanasi hisoblanadi. 1 Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling