O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
kontrastligidir.
Hislarning qonuniyatlaridan yana biri - ularning summatsiyasi – yig'ilishidir. U yoki bu ob'ekt tomonidan uzluksiz yuzaga keltirilayotgan hislar yig'ilib, jamlanib boradi. Shunday qilib, hislarning yig'ilib, jamlanib borishi, summatsiyasi natijasida bizda ota-onaga, yaqin do'stlarimizga, qadrdon joylarimizga mehr-muhabbat mustahkamlanadi. Salbiy kechinmalarning yig'ilishi esa (hayotiy noqulayliklar, ko'ngilsizliklar), tashqi ko'rinishga ko'ra ahamiyatsizdek tuyilgan hodisalar juda kuchli reaktsiyaga, affektga olib kelishi mumkin. Hislarning summatsiyasi natijasida u yoki bu voqeaga emotsional sezgirlik ortadi. Emotsional holatlar almashinishi mumkin. Masalan, bir faoliyatdagi muvaffaqiyatsizlik, boshqa faoliyatdagi muvaffaqiyat bilan kompensatsiya qilinishi (o'rnini to'ldirishi) mumkin. Hissiyotlarning qonuniyatlaridan biri - ularning bir ob'ektdan boshqasiga o'tishidir. Bir ob'ektga nisbatan qondirilmagan hissiyot, boshqa ob'ektga ko'chib o'tishi mumkin (“yovuzlikni zaif, ojizlarga ko'chirish” holati hammaga tanish). 200 Qator holatlarda hissiyotlar o'zaro mos kelmaydi - ambivalent bo'ladi, shaxsda ichki nizoli vaziyat yuzaga keladi. Masalan, spirtli ichimlik iste'mol qilishga mukkasidan ketgan otaning o'z oilasiga bo'lgan mehr-muhabbati, uni ichkilik ichish imkoniyatidan mahrum etishgan vaqtda yuzaga keladigan, oilasiga nisbatan nafrat bilan qarama-qarshilikda bo'ladi (giyohvandlarda ham shunday hislar kuzatiladi). Qarama-qarshi hislar o'rtasidagi nizolar turli usullar: hislarni qandaydir “oqlovchi” sabablar ostiga yashirish, ayrim tasavvurlarni o'zgartirish, buzish bilan yo'qotiladi. Hissiyot va hislarning tashqi ifodalanishi - ekspressiya deyiladi. Hissiyot va hislarning tashqi ifodalanishi yuz muskullarining harakati (mimikasi), tana muskullari harakati (pantomimika, imo-ishoralar, jestlar, poza, gavda holati, qaddi- qomat), ovoz toni, nutq tempining o'zgarishi kabilarda namoyon bo'ladi. Qayg'u (g'am-g'ussa) va umidsizlanish skelet muskullarining bo'shashishi (egilgan bel, tushirilgan qo'llar, ko'krakka egilgan bosh), harakatlarning sekinligi va ishonchsizligi bilan kuzatiladi. Mimikada bu hislar qoshlarning chimirilishi (yaqinlashuvi) og'iz chetlarining pastka qaratilishi, peshonada, burunda, og'iz atroflarida tirishishning kuzatilishi bilan ifodalanadi. Hislarning yana boshqacha ifodalanishi quvonch: bunda muskul tonuslari ortadi, qaddi-qomat to'g'ri, yelkalar ko'tarilgan, keng, harakatlar shiddatli va aniq, qoshlar xotirjam holatda bo'ladi. Yuzning mimik muskullarining katta guruhi tipik emotsional ifodalarni yaratadi. Bunda chap yarim sharlar faolligi yuzning o'ng qismida, o'ng yarim sharlarning faolligi esa - yuzning chap qismida aks etadi. Yuzning chap va o'ng qismlari emotsional omillarga turlicha reaktsiya bildiradi. Miya o'ng yarim sharlarining ishi yuzni chap qismining hissiy noaniqligida namoyon bo'ladi. Bu yerda “haqiqiy” hisni ko'rish mumkin. Yuzning o'ng qismida (yarmida) esa, hislar chap (ratsional) yarim shar bilan nazoratlangan holda namoyon bo'ladi. Ayrim emotsional harakatlar bizning o'tmish ajdodlarimiz uchun biologik ahamiyatga ega bo'lgan va hujum qilish yoki himoya uchun foydalanilgan xatti- harakatlarning qoldig'i (rudimenti) hisoblanadi. Masalan, g'azablangan, jahli chiqqan vaqtda tishlarni g'ijirlatib (oqini ko'rsatib), qo'llarni musht qilish, qo'rqqan vaqtda boshini egib (qisib) olish, cho'chigan vaqtida seskanib ketish kabilar. Biroq, hissiyotni tashqi ifodalanishining ko'pchiligini rudument deb bo'lmaydi. Ular - muloqot mexanizmlaridir. Tovush toni, mimika, imo-ishoralar, jestlar odamlarga biri-birini tushunishga yordam beradi, ular nutqsiz (nutqdan tashqari, paralingvistik, noverbal) kommunikatsiya vositalari bo'lib xizmat qiladi. Odam mimikasi ijtimoiy muhitda tarbiyalanadi va odamni shu muhitga moslashishi vositasi bo'lib hizmat qiladi. Odam atrofdagilarga beixtiyor taqlid qilish yo'li bilan mazkur sotsiumda qabul qilingan qayg'u, qo'rqinch, umid, g'azab, nafrat va muhabbatni ifoda etishning namunalarini, tipik obrazlarini o'zlashtiradi. Yuz harakatlarining emotsional ifodalanishi ona va bola o'rtasidagi ilk muloqotning vositasi bo'lib xizmat qiladi. Biz boshqa odamlar kechirayotgan his- tuyg'ularini uning yuz ifodasidan osongina bilib olamiz. Yorqin ifodalangan harakatlar bizning nutqimizga ham jonlilik va quvvat beradi. Ular bizning fikrimiz va niyatlarimizni hatto so'zlarga qaraganda aniqroq ochib (fosh qilib) beradi. 201 Odam hissiyotga “etaklanib qolmaydi”. Irodaviy zo'r berish bilan u o'zining emotsional xislatlarini boshqara olishi mumkin. Shu bilan bir qatorda, hissiyotlar hatto irodaviy xatti-harakatlar tizimida xulqni boshqaruvchi kuchli omil bo'lib qolaveradi. Oliy hislar odam xulqini irodaviy boshqarish tarkibiga kiradi. Masalan, burch hissi anglangan holda ko'zlangan ijtimoiy ahamiyatli maqsadlarga erishishni ta'minlaydi. Xulqning ongli, oqilona boshqarish, bir tomondan hissiyotlar bilan yuzaga kelsa, boshqa tomondan - o'tkinchi hissiyotlarga qarshi turadi. Irodaviy xatti- harakatlar o'zaro raqobatlashayotgan hissiyotlardan xilof ravishda amalga oshadi. Odam og'riq, tashnalik, ochlik va boshqa mumkin bo'lgan barcha moyilliklarga bardosh bergan holda ish ko'radi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling