O'zbekiston respublikasi profi universitety


hissiyotlar - intuitiv fikrlash, birinchi galdagi imkoniyatlar va zaruratlarni


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

hissiyotlar - intuitiv fikrlash, birinchi galdagi imkoniyatlar va zaruratlarni 
spontan anglab yetish, tashqi ta'sirlarning foydaliligi yoki zararliligini zudlik 
bilan aniqlash mexanizmi, tegishli vaziyatlardagi stereotip xulq mexanizmidir. 
Hissiyot va hisning fiziologik asoslari 
 
Hissiyot va hislar bosh miyaning turli funktsional holatlari, uning ma'lum bir 
qobiq osti bo'limlarining qo'zg'alishi va vegetativ nerv sistemasi faoliyatidagi 
o'zgarishlar bilan bog'liq. 
Hissiyotlar genetik shartlangan nomaxsus xulqiy dastur sifatida miyaning 
limbik tizimi tarkibiga kiruvchi nerv tizimlari majmui bilan belgilanadi. Bu 
tizimga o'rta, oraliq va oldingi miyaning ancha qadimiy qismlari kiradi. 
Limbik tizim vegetativ nerv tizimi va retikulьyar formatsiya (bosh miya 
stvolida joylashgan va miya faoliyatini energetik zaxira bilan ta'minlab turuvchi) 
bilan bog'liq. 
Tashqi qo'zg'atuvchilardan kelayotgan impulьslar bosh miyaga ikki oqimda 
kelib tushadi. Ulardan biri bosh miya qobig'ining tegishli zonasiga yo'naladi, u 
joyda bu impulьslarning mazmuni va ahamiyati anglanadi va ular sezgilar va 
idroklar ko'rinishida rasshifrovka
1
qilinadi. 
Boshqa oqim esa qobiq osti tizimlariga (gipotalamus va boshqalarga) keladi, 
unda bu ta'sirlarning, hissiyotlar ko'rinishida sub'ektiv kechinilayotgan, 
organizmning asosiy ehtiyojlariga bevosita munosabati o'rnatiladi. Miyani 
o'rganuvchi tadqiqotchilar, qobiq osti bo'limlarida (gipotalamusda): azoblanish va 
qoniqish, tajovuzkorlik va xotirjamlik markazlari bo'lmish, alohida nerv tizimlari 
mavjudligini aniqlaganlar. 
Hissiyotlar katta yarim sharlar qobig'i faoliyati bilan ham bog'liq. Hissiyot 
miya o'ng yarim sharlari funktsiyasi hisoblanadi degan taxmin mavjud. 
Chap yarim sharlar verbal, mantiqiy funktsiyalarni nazorat qiladi, o'ng yarim 
sharlar esa hissiy - emotsional jihatlarni nazorat qiladi. 
Hissiyot va hislar qator vegetativ hodisalar bilan kuzatiladi: yurak urishi, 
nafas olish tezligi, muskullar tonusi, qon tomirlari rangining o'zgarishi (terining 
oqarib yoki qizarib ketishi shundan) va sh.k. Yurakni hissiyot simvoli deb 
hisoblanishi tasoddifiy emas. Hatto Gippokrat odamning emotsional holatiga 
1

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling