O'zbekiston respublikasi profi universitety
Faoliyat natijasiga erishish va uni yakuniy baholash
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
Faoliyat natijasiga erishish va uni yakuniy baholash. Xatti-harakat
natijasiga erishish - bu xatti-harakatning eng muhim yakuniy qismidir. Xulqning maqsadga muvofiqligi dastavval natijaga erishish bilan belgilanadi. Amalga oshirilgan (bajarilgan) xatti-harakat, faoliyat natijasi maqsadga rasman (amalda) erishish bilan emas, balki bu natija ma'lum bir ehtiyojni va ma'lum bir faoliyat motivining qay darajada qondirilganligi bilan baholanadi. Maqsad, faqat faoliyatni oldindan rejalashtirilgan natijaga qay darajada yaqinlashganligining mezoni bo'lib hizmat qiladi. Olingan natija maqsad bilan emas, balki shu xatti-harakatni yuzaga keltirgan undovchiga qay darajada mutanosib kelishi bilan baholanadi. Faqat shu mutanosiblikkina muvaffaqiyatli faoliyat mezoni bo'lib hisoblanadi. Muvaffaqiyatga olib kelmaydigan faoliyat esa o'z ko'rinishini o'zgartiradi. Zarur natijaga erishishdagi qat'iylikda irodaning mohiyati namoyon bo'ladi. Odam faoliyatining psixologik tuzilishini bilish, jinoiy xatti-harakatlarni tahlil qilish uchun juda zarur. Jinoyat sodir etishning sabablari bo'lib qanday omillar xizmat qilgan, jinoyatchi tegishli qarorga kelishda nimalarga asoslangan, u qanday natijani ko'zda tutgan, xatti-harakatning qanday usullaridan foydalangan, ayblanuvchining rasman erishilgan natijaga munosabati qanday - shu kabi yuridik jihatdan muhim ahamiyatga ega bo'lgan savollarning barchasi, irodaviy xatti- harakatlarning psixologik tuzilishi bilan uzviy bog'liq. Jinoiy xatti-harakatlar, odamning boshqa har qanday ongli xatti-harakatlari kabi tashqi vaziyatlarga uning mexanik reaktsiyasigina bo'lmaydi. Bu vaziyatlar, faqat ma'lum bir dunyoqarash, shaxsning hayotiy pozitsiyasi, uning ijtimoiy sifatlari orqali o'zgarib (sinib), boshqacha talqin qilinib “ishga tushiruvchi”, undovchi turtki (stimul) sifatida namoyon bo'lishi mumkin. Shaxsning bu sifatlari uning mazkur vaziyatda mo'ljal (oriyentatsiya) qilishi xususiyatlarini belgilab (shartlab) beradi. Jinoiy xatti-harakatsizlik ham, xuddi faol xatti-harakat kabi psixologik xarakterstikalarga ega bo'ladi. Bu ongli nazorat qilinadigan, maqsadga 180 yo'naltirilgan xulqning irodaviy aktidir. Xulqni bu aktining mazmuni ham, shaxs ayni vaqtda bajarishi shart bo'lgan va bajarishi mumkin bo'lgan xatti-harakat uslublari bilan belgilanadi. Jinoiy qilmishlarning o'ziga xosligi shundaki, jinoiy qilmishlar natijasining sub'ektiv ijobiy baholanishi ijtimoiy salbiy natijalarga taalluqli bo'ladi. Jinoyatlarning profilaktikasi shaxsga unda jinoiy xatti-harakatlarga nisbatan salbiy munosabatlarni shakllantirish maqsadida ta'sir etish vositalari tizimini taqozo qiladi. Shaxsda bunday pozitsiyani shakllantirishning muhim asoslaridan biri, unda jinoyatning jazolanishi muqarrar ekanligi hiqidagi tasavvurlarni shakllantirishdir. Masalan, oldingi zamonlarda odamlarning dinga, xudoga e'tiqodi kuchli bo'lgan. Ularda xudo odamning har bir xatti-harakatidan voqif bo'lishligi va shaxs tomonidan sodir etilgan (nafaqat sodir etilgan, hatto xayoliga keltirilgan) har qanday gunoh ish, xudo tomonidan muqarrar jazolanishi, odam bu dunyoda qilgan gunohlari uchun, u dunyoda javob berishi haqidagi tasavvurlar kuchli shakllangan bo'lgan. Bunday tasavvurlar esa ularni ko'plab jinoyatlarni sodir etishdan saqlab kelgan. Odamlarda qonunga bo'ysunish xulqini shakllantirishning asosiy yo'nalishi, ularni jazolash bilan qo'rqitish emas, balki ularda ongli intizomni tarbiyalashning keng tizimini ishlab chiqish, shaxsda umumiy ijtimoiy ijobiy yo'nalganlikni shakllantirishdir. Xulq ijtimoiy ong sifatida katta tarbiyaviy ta'sirga ham ega. U shaxsni hayotiy pozitsiyasining, uning psixik xususiyatlarining shakllanishini sezilarli darajada belgilab boradi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling