O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Qaror qabul qilish - bu mumkin bo'lgan ko'p sonli maqsadlar orasidan, 
mazkur sharoit uchun eng optimal, deb baholanuvchi bittasini tanlab olishdir. 
Xulqning mumkin bo'lgan bir necha variantlarni solishtirish va ulardan birini 
tanlab olish, noaniqlik vaziyatida xulq liniyasini aniqlash, mazkur sharoitda 
istalgan natijaga olib kelish mumkin bo'lgan xatti-harakatlarni aniqlashdir. 
Qaror qabul qilishning asosiy momenti bo'lib, vaziyatni tahlil qilish, 
boshlang'ich vaziyatni har tomonlama hisobga olish, mavjud ma'lumotlarni 
baholash va ularni taqqoslash kabilar hisoblanadi. Odam qaror qabul qilar ekan
minimal boy berib maksimal muvaffaqiyatga erishishga intiladi. Lekin odamlar 
yutuq va boy berishlarni turlicha baholaydilar. Masalan, odam biron bir ishda o'z 
obro'siga ziyon yetishi mumkinligiga tavakkal qilar ekan: bir odam so'zsiz mazkur 
xatti-harakatdan voz kechishi, boshqasi esa ikkilanishi, uchinchisi bu 
tavakkalchilikka hech qanday ahamiyat bermasligi mumkin. 


177 
Ko'pincha, noaniqlik sharoitda qaror qabul qilishga, voqeaning rivojlanishini 
oldindan bashorat qilishga to'g'ri keladi. U yoki bu hodisa ehtimolini aniqlash, 
ya'ni uni namoyon bo'lishining nisbiy tezligini aniqlash, tavakkalchilik vaziyatida 
qaror qabul qilishning asosi bo'lib hizmat qiladi. Ehtimollikni baholash (agar u 
matematik usullar bilan hisoblab chiqilmagan bo'lsa) sub'ektiv xarakterga ega 
bo'ladi. Odamlar odatda tipik vaziyatlarga umid qiladilar va bo'lishi mumkin 
bo'lgan istisnolarni hamma vaqt ham hisobga olmaydilar. Ko'pincha biz 
hammasidan ko'ra, ko'proq o'zimiz xohlagan yoki xotiramizda yorqinroq iz 
qoldirgan hodisalarning ehtimolini yuqoriroq hisoblaymiz. 
Tavakkalchilik ham o'z vaqtida oqlangan va oqlanmagan tavakkalga 
farqlanadi. Tavakkal tufayli boy berilishi ehtimol bo'lgan motiv, erishilishi ehtimol 
bo'lgan motivdan ustun bo'lsa – bu oqlangan tavakkalchilik hisoblanadi. 
Aksincha, tavakkalchilik tufayli boy berilishi ehtimol bo'lgan motiv, erishilishi 
ehtimol bo'lgan motivdan kam (past) bo'lsa – bu oqlanmagan tavakkalchilik 
bo'ladi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling