O'zbekiston respublikasi profi universitety
Motivlar kurashi o'zida nizoli vaziyatni namoyon qiladi
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
Motivlar kurashi o'zida nizoli vaziyatni namoyon qiladi. U muammoning
tashqaridan beriladigan qandaydir yechimini nazarda tutmaydi. Motivlar kurashi - bu mazkur odamni shaxsiy pozitsiyalarining qarama-qarshiligi, kurashidir. Turli odamlar faoliyatida hamma vaqt ham motivlar kurashi bo'lavermaydi. Ko'pincha odamlar ma'lum bir doimiy ustunlik qilib turadigan motivlarga amal qiladi. Agar bu motivlar ijtimoiy ahamiyatli bo'lsa, unda odamning xulqi ijtimoiy moslashgan, ijtimoiy muhit talabiga moslashuvchan bo'ladi. Lekin ayrim odamlar muhit talablarini hisobga olmaydigan motivlarga amal qiladilar va shundan kelib chiqqan holda ularning xulqi moslashmaydigan bo'ladi. Bunday xulqlar ayrim holatlarda maqsadga muvofiq bo'lmasada, lekin ijtimoiy xavfli bo'lmaydi. Boshqa holatlarda xulqning moslashmaganligi, jamiyat manfaatlariga zid kelishi yoki uning uchun xavfli bo'lishi mumkin. Gohida ayrim odamlar o'zgaruvchan sharoitlarga moslasha olmaydilar. O'zlari odatlanib qolgan dasturlarini ro'yobga chiqarish uchun ular ob'ektiv sharoitlarga mos kelmaydigan, o'zlarining himoya motivlarini ilgari suradilar. Motiv hamma vaqt ham odamni mazkur xatti-harakatga haqiqatan ham undagan manbaning ongdagi aniq aksi bo'lavermaydi. Ba'zan, odamning o'z xulqi motivini anglashga atayin urinishi, uni o'z qiliqlarini tanqidiy baholashiga va xulqning o'zgarishiga olib keladi. Odamlar ustunlik qiluvchi ustanovkalar ta'siri ostida xatti-harakatni amalga oshirar ekanlar, shu ustanovkalarga mos motivlarni tanlab oladilar. Masalan, o'zining konservativligini oqlash maqsadida, ayrim odamlar u yoki bu progressiv takliflarni inkor etib, tinchlantiruvchi bahonalar (ko'rsatmalarga amal qilish, odamning manfaati haqida “qayg'urish”, uning tashabbuskorligini chegaralash va sh.k.)ni ro'kach qiladi. Odam, o'zini voqelikning turli jihatlariga nisbatan bo'lgan munosabatlariga mos kelmaydigan motivlardan qochadi. Odamning ustanovkalari, ularga zid keladigan motivlarni inkor qiladi. Shunday qilib, odamning ustanovkalari va hayotiy pozitsiyalari faoliyatning boshlanish omili hisoblanadi, ularning asosida faoliyatning ma'lum bir motivi shakllanadi. Odam o'z faoliyatida ma'lum bir kontseptsiyaga xilof ravishda va hattoki o'zining shaxsiy istaklariga teskari ish tutishi ham mumkin. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling