O'zbekiston respublikasi profi universitety


intiluvchanlik, chidamlilik


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

intiluvchanlik, chidamlilik va boshqalar majmuini o'zida namoyon qiladi. Faqat 
shu irodaviy holatlarda bo'lishning uzluksiz tajribasigina shaxsning ma'lum bir 
irodaviy sifatlarining shakllanishiga olib keladi. 
Iroda odamlar xulqini qonun tartiblari talablariga bo'ysundiradi. Biroq, 
qonuniy me'yorlarni buzish, jinoiy xulq ham irodaviy xulq hisoblanadi, faqat bu 
xulq jamiyatga qarshi yo'nalishga ega bo'ladi. 
Jinoiy javobgarlik faqat shunaqa jinoiy xatti-harakatlar tufayli yuzaga keladi. 
Ya'ni xatti-harakatning u yoki bu turini tanlash ixtiyori bor vaqtda, qonunga zid 
xatti-harakatni sodir etmaslik imkoniyati mavjud bo'lgan vaqtda, odam o'z xatti-
harakati maqsadining jinoiy ekanligini yoki uni oldindan ko'ra bilish imkoniyatiga 
ega ekanligini anglagan vaqtda sodir etiladi. 
Irodaning neyrofiziologik asoslari 
Irodaviy xatti-harakatlar miyaning umumiy ishlashi natijasi hisoblanadi. 
Irodaviy faoliyatning asosiy fiziologik mexanizmlaridan biri, bu optimal 
qo'zg'alish o'choqlarining ishlashidir. Irodaviy faoliyatning turg'unligi va jadalligi 
qator sabablarga (bosh miya qobig'ida oldindan shakllanib qolgan bog'liqliklarga, 
mazkur odamda qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlari o'zaro munosabatining 
kuchiga va sh.k.) bog'liq bo'ladi. Qo'zg'alishning optimal o'chog'i yoki dominanta, 
miyaning boshqa qismlarini (subdominantlarni) o'ziga bo'ysundiradi. 
Faoliyatni irodaviy boshqarishning fiziologik mexanizmlari miyaning 
alohida olingan qandaydir bir tuzilishida joylashmagan. Ular miya tuzilmalarining 
hamkorlikda ishlovchi murakkab funktsional tizimini tashkil qiladi. Shunday qilib, 
miyaning butun borlig'icha sistemali ishlashi irodaning neyrofiziologik asosini 
tashkil qiladi. Lekin, bu tizimda katta yarim sharlar qobig'ining peshona qismi hal 
qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi.
Psixolog olim A.R.Luriya, butun miya tarkibida uchta asosiy funktsional 
bloklarni farqlaydi. Bu bloklarning hamkorlikda ishlashi har qanday murakkab 
1
Навоий Алишер. Ҳикматлар /Нашрга тайёрловчилар: С.Муталлибов, Э.Очилов. –Т.: 
“Шарқ”, 2006.-Б. 214


175 
faoliyatning asosini tashkil qiladi. Bular: 1) miya tonusining boshqarilishini, uning 
hushyorlik holatini (retikulyar formatsiya va boshqa qobiq osti tuzilishlari) 
ta'minlovchi blok; 2) Ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash, saqlash bloki - 
bilish jarayonlarining asosiy apparati (bosh miya qobig'ining tepa va ensa 
qismlari); 3) Psixik faoliyatni dasturlashtirish, boshqarish, nazorat qilish bloki 
(qobiqning peshona qismi). Bu blok birinchi blok faoliyatini boshqarish bilan birga 
butun miya ishi tonusini ma'lum bir faoliyatga monand ishlashini ta'minlaydi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling