O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
U
T Q 172 III BOB PSIXIK HOLATLAR PSIXOLOGIYASI. XULQNI HISSIY-IRODAVIY BOSHQARISH 1 §. Iroda haqida tushuncha Iroda - faoliyatni ijtimoiy ishlab chiqilgan tushunchalar, me'yorlar, baholar asosida ongli boshqarilishidir. Ma'lum bir tushunchalardan foydalanar ekan, odam mazkur sharoitda qanday xatti-harakatni qo'llash zarurligi va mumkinligini anglaydi. Iroda - faoliyatni oldindan ko'zlangan ma'lum bir psixik modelь – maqsad ko'rinishida namoyon bo'ladigan, kelajak natijasiga erishishga yo'llovchi, boshqaruvchi holat hisoblanadi. Irodaviy xatti-harakatlar natijasiga erishish, ma'lum bir qiyinchiliklarni yengib o'tish, irodaviy zo'r berish bilan bog'liq. Shunday qilib, iroda - sub'ekt tomonidan oldindan ko'zlangan maqsadga erishish yo'lida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni yengib o'tishga yo'naltirilgan, xulqiy aktni ongli boshqarilishida namoyon bo'ladigan psixik holatdir. Barcha ongli xatti-harakatlar - irodaviy xatti-harakatlardir. Faoliyatni irodaviy boshqarishda ongning barcha jihatlari namoyon bo'ladi. Masalan, u yoki bu maqsadga erishish haqidagi qarorni qabul qilish, odamni voqelikning ma'lum bir jihatlariga munosabati bilan, xatti-harakatni bajarish esa, predmet va hodisalar o'rtasidagi mavjud aloqalarni aks etish asosida boshqariladi. Faoliyatning ma'lum bir natijasiga erishish zarurati ob'ektiv omillar bilan shartlanadi. Shundagina, faoliyat ob'ektiv maqsadga muvofiq bo'ladi. Lekin, ayrim odamlarning irodaviy faoliyatlari maqsadga muvofiq bo'lmasligiga ham hayotdan ko'plab misollar keltirish mumkin. Bunday holatlarda, odamlar o'z faoliyatlari natijalarini oldindan ko'ra bilgan holda, uni sub'ektiv ravishda zarur deb hisoblaydilar, aslida esa u haqiqatan ham shunday bo'lmasligi mumkin. Katta irodaviy zo'r berishga qodirlik, ijtimoiy ahamiyatliligi turlicha bo'lgan maqsadlarga qaratilgan ham bo'lishi mumkin. Jinoiy xatti-harakatlarda bu maqsadlar jimiyatga zid hisoblanadi. Har qanday irodaviy faoliyat ham o'z-o'zicha ijtimoiy ijobiy bo'lavermaydi. Odamning barcha irodaviy faoliyati ham o'z tuzilishiga ko'ra ongli va hayvonlar xulqidan tubdan farq qiladigan bo'lavermaydi. Hayvonlarning xulqi ehtiyojlar tufayli impulьsiv stimullashtirilib turadi. Odam faoliyatining maqsadi esa, uning ehtiyojlari bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlikda bo'lmaydi. Masalan, agar yirtqich hayvon faqat och qolgan vaqtidagina ov qilsa, odam ayni fursatda ochlikni his qilmasada hosilni yig'ishtiradi. Odam faoliyatining maqsadi uning bilimlari, o'zi qilayotgan ishning mohiyatini bilishi, uning faoliyati yo'naltirilgan predmetning ob'ektiv xususiyatini anglashi kabilar bilan shartlanadi. 173 Faoliyatning anglangan maqsadi, odam ongi maqsadini tashkil qiladi. Voqelikdagi ob'ektlar ularning faoliyat maqsadiga bog'liqligi nuqtai nazaridan tanlab ajratib olinadi. Maqsad ong yo'nalganligining boshqaruvchisi hisoblanadi. Alohida olingan individiumning rivojlanishida irodaviy xatti-harakatlar dastavval bola va kattalarning muloqoti bilan bog'liq bo'ladi. L.S.Vыgotskiy ta'kidlaganidek, dastavval kattalar buyruq beradi (“koptokni ol, piyolani qo'y”) va shu tashqi buyruq bo'yicha bola xatti-harakatni amalga oshiradi. Nutqni o'zlashtirib borish bilan bola o'zi o'ziga nutqiy buyruq bera boshlaydi. Shunday qilib, oldinlari Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling