O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
og'zaki va yozma shaklda amalga oshadi.
Og'zaki nutq – odamlar o'rtasida so'zlarni og'zaki ifodalash va ularni eshitib idrok qilish vositasida amalga oshadigan muloqotdir. Og'zaki nutq dialog ko'rinishida, ya'ni ikki suhbatdosh o'rtasida fikr almashtirish ko'rinishida bo'lishi mumkin. Dialog – bu fikrni uzatish yoki bir-biriga ta'sir etish maqsadida ongli yo'naltirilgan faoliyatdir. Bunda gapiruvchi o'z fikrini tushunarli tarzda (tilda) shakllantiradi va uni so'zlar vositasida suhbatdoshiga uzatadi. Dialogda fikrlarni uzatish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Unda suhbatdoshlar tovush innotatsiyasi, jestlar yordamida berilayotgan fikrni emotsional mazmun bilan boyitadi. Dialogda suhbatdoshlar o'rtasidagi ichki kontakt: ularning bir-birlariga nisbatan qanday munosabatda bo'lishligi; bir- birlarini tushunishga intilishi; ular suhbat nima haqida ketayotganligini qanday tasavvur qilishligi; oldin gapirilgan gaplarni qanday hisobga olishayotganligi va boshqa shu kabi omillar muhim rolь o'ynaydi. Og'zaki nutq monolog shaklida ham amalga oshishi mumkin. Og'zaki nutqning bu shaklida bitta odam o'z-o'ziga qarata yoki tinglovchilarga qarata gapiradi. Ma'ruzachi o'z ma'ruzasi, nutqi, ma'lumoti bilan auditoriya oldida nutq so'zlar ekan uning nutqi monolog bo'ladi. O'qituvchi yoki ma'ruzachi, ma'ruza qilayotgan vaqtida tinglovchilar tomonidan so'zlarda ifodalangan bevosita javob munosabatlarini olmasligi mumkin. Lekin shunga qaramay tinglovchilarning diqqat bilan tinglashlari yoki aksincha e'tibor bermasliklari, auditoriyadagi harakat (shovqin), ma'lumot tinglovchilarga yetib borayaptimi, ular uni qabul qilayaptimi yoki yo'qligi haqida xulosa chiqarib oladi. Yozma nutq – bu vositalashgan nutqiy muloqotdir, unda fikrlar ma'lum bir tovushlar, so'zlar, jumlalarni bildirish uchun qabul qilingan, tegishli yozma belgilar yordamida uzatiladi. Yozma nutqda mimika va jestlar kabi qo'shimcha ifodalovchi vositalar bo'lmaydi. Yozayotgan odamga so'zlardan shunday foydalanishga, jumlalarni shunday tuzishga to'g'ri keladiki, u ma'lumot uzatishning shu yetishmayotgan vositalarini to'ldirishi lozim bo'ladi. Bu o'rinda yozayotgan odam: shu yozilayotganlarni kim o'qishligini, uning reaktsiyasi, hujjat mazmunini tushuna 171 olish qobiliyatini ham hisobga olishi kerak. Bularning barchasi yozma hujjatlarga jiddiy munosabatda bo'lishni talab qiladi. Psixologiyada nutqning yana bir turi farqlanadi - bu ichki nutqdir. Ichki nutq to'g'ridan-to'g'ri muloqot funktsiyasini bajarmaydi, lekin tafakkur jarayonining amalga oshirish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Bunda odam go'yo o'zicha (ichida) so'zlarni tovushsiz shaklda o'ylaydi. Ichki nutq - bu qisqartirilgan nutqdir. U fikrning nutqqa aylanishidagi oraliq vazifasini bajaradi. Bu ko'pincha o'ylanayotgan fikrni beixtiyor gapirib yuborishda namoyon bo'ladi. O'ylanayotgan vaqtda go'yo u materialni biladigandek tuyiladi, lekin u materialni so'zlar bilan ifodalaganda to'la bo'lmagan ifoda hosil bo'ladi. Ko'pchilik qisqartirilgan, soddalashtirilgan fikrlar yetarlicha o'ylanmagan bo'ladi va shuning uchun ifoda etishda tushib qoladi. Shuning uchun ham, materialni xotirada mustahkam saqlab qolishda, uni tovush chiqarib gapirish talab qilanadi (37-rasm). Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling