O'zbekiston respublikasi profi universitety
§. Nutq haqida tushuncha
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
6 §. Nutq haqida tushuncha
Nutq – odamlar o'rtasidagi maxsus va takomillashgan muloqot shakli, til, so'zlar vositasida fikr almashish jarayonidir. Inson nutqining asosiy xususiyati burrolik (aniqlik, ravshanlik)dir. Odamda, ikkinchi signallar sistemasi yuzaga kelgan, rivojlangan va o'ta takomillashgan bo'ladi. Bular birlamchi signallarning – eshitilgan, ko'rilgan narsalarni so'zlar yordamida ifodalangan signallaridir. Bu yangi signallar oxir oqibatda odamlar bevosita tashqi olamdan va o'zining ichki dunyosidan idrok qilayotgan barcha narsalarni belgilovchi bo'lib qoladi. Bu signallar odamlar tomonidan nafaqat o'zaro muloqotda, balki ular o'zlari bilan o'zlari yolg'iz qolgan vaziyatlarda ham qo'llaniladi. Ikkinchi signallar sistemasi birinchi signallar sistemasiga qaraganda yetakchi hasoblanadi. Hatto hissiy bilishda (sezgi va idrokda) ham odam ikkinchi signallar sistemasi yordamisiz bilishni amalga oshira olmaydi. Masalan, biron bir predmet, hodisani idrok qilar ekan, odam o'ziga odat bo'lgan yoki umumlashtirilgan tushunchalardan va til mezonlaridan foydalanishga – ularni tegishli so'zlar bilan ifodalashga majbur. Faqat ikkinchi signallar sistemasi tufayligina tafakkur maxsus insoniy oliy tafakkur shakliga ega bo'lib boradi va odamga real olamni ongda aks ettirish imkoniyatini beruvchi, nazariy umumlashtirish va abstraktsiya darajasigacha, obrazlar va tushunchalarning murakkab kombinatsiyalarini yaratishgacha, munosabatlar va bog'liqliklarni o'rnatishgacha yetishini ta'minlaydi. Til hissiy bilish ma'lumotlarini nazariy umumlashtirish quroli hisoblanadi. Uningsiz bilishning quyi bosqichlaridan, oliy bosqichlariga o'tib, bilishning shu oliy bosqichini rivojlantirib bo'lmaydi. Tilsiz ilmning rivojlanishini tasavvur qilish mumkin emas. Til nutq vositasi tizimi sifatida, so'z tarkibi, grammatik tuzilishi bilan xarakterlanadi. Til albatta ayrim belgili tafovutlarga ega bo'lsada, o'z funktsiyasiga ko'ra barcha xalqlar uchun bir xildir. Har bir odam muloqot jarayonida til vositalarining faqat ozgina qismidan foydalanadi. Tildan farqli o'laroq - nutq individualdir. Bu aynan bir xil fikrni, turli odamlar tilning tuzilishi mumkin bo'lgan turli vositalaridan (so'zlardan) foydalangan holda turlicha ifodalashlarida namoyon bo'ladi. Biroq, bir odamning nutqi hamma vaqt ham birdek tushunilavermaydi. Bu ko'pincha so'zlarni noto'g'ri qo'llashda, jumlalarni grammatik jihatdan muvaffaqiyatsiz tuzishda, urg'u berish qoidalarining buzilishida, idrok etayotgan odam uchun noma'lum bo'lgan so'zlardan foydalanishda va sh.k.larda kuzatiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling