O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tergov faoliyatida xayolning roli
Giperbolizatsiya
- ijodiy xayolning murakkab turi hisoblanadi. Giperbolizatsiya – predmetlarni, ularning sifatini, elementlari miqdorini bo'rttirish, orttirishdir (masalan, dostonlarda odam kuchini gipperbolizatsiya qilingan obrazlar, do'stona hazillar (sharj) va sh.k.). 167 Ijodiy sintezning eng yuqori darajasi tipiklashtirishdir, unda muayyan bir obrazda, mazkur guruh ob'ektlariga tegishli muhim jihatlarni mujassamlashtirish amalga oshiriladi. Bu o'rinda xayol tafakkur bilan juda yaqinlikda bo'ladi. Xayol jarayoni, yangi obrazlarni yaratish, odam psixikasi faolligi bilan xarakterlanadi. Lekin ba'zida xayol faoliyatning ma'lum bir xatti-harakat dasturini amalga oshirmaydigan “o'rinbosari” sifatida namoyon bo'ladi. Xayolning bu shakli passiv xayol deyiladi. Masalan, istalgan obrazni yaratish – ozru – faol bo'lishi ham mumkin, passiv bo'lishi ham mumkin (masalan, homxayollik, xayolparastlik – passiv orzuga tipik misol). Xayol – inson faoliyatining qayta o'zgarishini ta'minlovchi psixik funktsiyadir. Bu psixikaning ideal modellarni, insoniyat amaliyotini yo'naltiruvchi kelajak obrazini yaratish qobiliyatidir. Barcha bilish jarayonlari xayolda sintez qilinadi. Bevosita hissiy bilish chegarasidan chiqar ekan, xayol hissiy ma'lumotlar bilan ham va abstraktsiyalar bilan ham bog'liq bo'ladi. Buning natijasida odam reallikni ideal modellarda qayta o'zgartiradi. Bu modellar kelajakka kirib borish va o'tmishni qayta tiklash vositasi bo'lib hisoblanadi. Tergov faoliyatida xayolning roli. Tergov amaliyotida muntazam ravishda qayta tiklash, o'tib ketgan voqea hodisalarni ularning saqlanib qolgan ma'lum bir izlari, oqibatlari bo'yicha fikran qayta tiklash zarurati tug'ilib turadi. Bu yana qayta tiklovchi xayol, faqat ma'lum bir hodisalarni umumiy aloqalarini bilish asosidagina bo'lishi mumkin. Faqat shular asosidagina to'g'ri tergov taxminlarini ilgari surish va jinoyat sodir etilgan holatlarni qayta tiklash mumkin. Har bir tezkor vaziyat (lotin. “situs” – holat) – bu o'zaro aloqalarga ega bo'lgan va qidiruvni ma'lum bir usulini ob'ektiv shartlovchi faktlarning o'ziga xos majmui, ya'ni tezkor xatti-harakatlarning o'ziga xos majmui, shu xatti-harakat doirasidagi taktik usullarni tanlab olinishidir. Dastavval voqea-hodisalarni qayta tiklash ehtimoli amalga oshadi. Bu kechiktirib bo'lmaydigan operativ – qidiruv va tergov xatti-harakatlarini ehtimollikning keng diapazonida amalga oshirish imkoniyatini beradi. Keyinchalik operativ faoliyat davomida voqeaning ishonchli informatsion-mantiqiy modeli yaratiladi. Qidiruvning dastlabki bosqichlarida isbotlovchi ma'lumotlar bilan bir qatorda taxminiy qidiruv ma'lumotlari katta ahamiyatga ega bo'ladi. Yakuniy bosqichda faqat isbotlovchi ma'lumotlar muhim ahamiyat kashf etadi. Oriyentirlovchi ma'lumotlar bilishni yangi, yetishmayotgan ma'lumotlarni olishga yo'naltiradi. Operativ vaziyatlar bilish qidiruvini talab qilmaydigan oddiy bo'lishi yoki operativ xodimdan, bilish – qidiruv, evristik faoliyatni talab qiluvchi murakkab, muammoli bo'lishi ham mumkin. Turli dastlabki muammoli operativ vaziyatlar, yetishmayotgan ma'lumotlarning xarakteri bilan farqlanadi. Bu ma'lumot taqchilligi o'rganilayotgan ishni sodir etgan shaxsga, bu ishni amalga oshirish usullariga, shu ishni sodir etish vaqtida foydalaniladigan vositalarga taalluqli bo'lishi mumkin. 168 Har qanday holatda operativ vaziyatning asosiy psixologik vazifasi, yetishmayotgan ma'lumotlarni olish usullarini topishdan iborat bo'ladi. Operativ amaliyot shuni ko'rsatadiki, konkret operativ vaziyatni o'rganishning zarur va mumkin bo'lgan usullari hamda vositalarini topish operativ xodimning nazariy bilimlariga, uni tafakkurining epchilligiga va yaratuvchi, qayta tiklovchi xayolning rivojlanganligiga bog'liq bo'ladi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling