O'zbekiston respublikasi profi universitety
oydinlashtirish; 2) uning elementlari o'rtasida mantiqiy o'zaro bog'liqlikni
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
oydinlashtirish; 2) uning elementlari o'rtasida mantiqiy o'zaro bog'liqlikni
o'rnatish; 3) matn rejasini tuzish, tayanch so'zlarni ajratib olish; 4) materialni sxemalashtirish ixtiyoriy esda olib qolish shartlaridir. Mantiqan qayta ishlanadigan, umumlashtiriladigan, sistemalashtiriladigan, faol aqliy faoliyat ob'ekti bo'lgan materiallar juda mustahkam esda olib qolinadi. Assotsiatsiyalar, bog'lanishlar o'rnatib borilganda esda olib qolish yana ham muvaffaqiyatli bo'ladi. Sxemalar, jadvallar, diagrammalar (ayniqsa ular mustaqil ishlangan bo'lsa) esda olib qolishni osonlashtiradi. Materialni yodlashda, uni qayta-qayta takrorlagandan ko'ra, faol qayta esga tushirish, sistemalashtirish, amalda qo'llash maqsadga muvofiqdir. Agar, materialni mantiqan qayta ishlab bo'lmaydigan bo'lsa, unda maxsus mnemik usullardan foydalaniladi, ya'ni sun'iy assotsiatsiyalar yaratiladi. Sun'iy assotsiatsiyalarni yaratishda shaxsning individual xususiyatlarini, uning shaxsiy, professional yo'nalganligi, qiziqishlari, hayotiy tajribasi kabilarni hisobga olish maqsadga muvofiq bo'ladi (masalan, odamning kasbiga ko'ra, unga assot- siatsiyalarni shu kasb xususiyatlaridan kelib chiqib yaratish. Adabiyotchi yoki tarixchi uchun tarixiy sanalarni esda saqlab qolishda tarixiy yoki adabiy personajlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. A.Navoiy tavallud topgan 1441 yilni 1941 yili boshlangan Vatan urushidan 500yil oldin ekanligi bilan yoki A.Oripov urush boshlangan (1941) yili, Navro'z kuni (21mart) tug'ilganligi.). Ixtiyoriy esda olib qolish mexanik bo'lishi ham mumkin. Lekin bunda u o'zining hajmiga ko'ra ancha chegaralangan bo'ladi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, odam faqat 3-4ta izolyatsiyalangan ob'ektlarni yaxshi esda olib qolib qayta esga tushirar ekan. Materialni esda olib qolish va qayta esga tushirish hajmining bunday chegaralanishi bir izlarni boshqa izlar tomonidan tormozlanishi bilan tushuntiriladi. 162 Sinaluvchiga 10 ta bo'g'indan iborat bo'lgan “so'zlar” qatori taklif qilinsa, birinchi va oxirgi bo'g'inlar, o'rtadagilarga qaraganda osonroq eslab qolinadi. Buning boisi shuki, birinchi bo'g'inlar o'zidan oldingi bo'g'inlar tomonidan tormozlanishni his qilmaydi (chunki, undan oldin hech nima yo'q), qatorning oxirgi a'zolari ham o'zidan keyingi elementlar tomonidan tormozlanmaydi. O'rtadagi elementlar esa ham o'zidan oldingi, ham o'zidan keyingi elementlar tomonidan tormozlanib turiladi. O'zidan oldingi elementlar tomonidan tormozlanish – proaktiv, o'zidan keyingi elementlar tomonidan tormozlanish esa – retroaktiv, - teskari ta'sir qiluvchi tormozlanish deyiladi. Xotiraning chetki elementlarni yaxshi esda olib qolishini belgilovchi bu qonuniyat “chetkilik omili” deyiladi. Bir materialni esda olib qolishdan boshqa materialni esda olib qolishga o'tishda tanaffus qilish lozim (kamida 15 daqiqa). Chunki bunda retroaktiv tormozlanishning salbiy induktsiyasi bartaraf etiladi. Xotirada izlar butunlay o'chib ketmaydi, faqat qo'shimcha, xalaqit qiluvchi izlar ta'siri ostida tormozlanilib qoladi, degan taxmin reministsentsiya hodisasi bilan tasdiqlanadi. Ko'pincha, materialni idrok etgandan keyinoq qayta esga tushirilganda xotirada saqlanib qolgan elementlar miqdori, ma'lum bir muddat tanaffusdan so'ng esga tushiril-ganiga qaraganda, kamroq bo'lishi hollari ham kuzatiladi. Buning boisi shuki, dam olish davrida proaktiv va retroaktiv tormozlanish ta'siri pasayadi (olib tashlanadi). So'roq yoki yuzlashtirishni o'tkazish vaqtida reministsentsiya hodisasi hisobga olinishi kerak. 36 - rasm. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling