161
yorqin nur, yorug'lik);
2) Ko'tarinki mo'ljallovchi faoliyatni yuzaga keltiruvchi
nimaiki bo'lsa, shularning barchasi (xatti-harakat, jarayonlarni to'xtab
qolishi yoki
qaytadan ishga tushishi,
hodisalarning noodatiyligi, uning fonga nisbatan
kontrastliligi va sh.k.);
3) Mazkur individ uchun ahamiyatliroq bo'lgan
qo'zg'atuvchilar (masalan, professional ahamiyatga ega bo'lgan narsa,
qo'zg'atuvchilar);
4) Alohida emotsional rangga ega bo'lgan qo'zg'atuvchilar;
5) Mazkur odamning ehtiyojlari bilan ko'proq bog'liq bo'lgan, faol faoliyat
ob'ekti bo'lgan narsalar (masalan, biz anchadan
beri yechayotgan vazifamiz
sharti beixtiyor va mustahkam esda olib qolinadi).
Lekin, odam faoliyatida nimanidir ma'lum bir sharoitda atayin esda olib
qolish va yana qayta esga tushirish zarurati yuzaga kelib turadi. Bu ixtiyoriy esda
olib qolish bo'lib, unda doimo esda olib qolish vazifasi qo'yiladi, ya'ni
maxsus
mnemik (grek, “
mnema” - xotira) faoliyat amalga oshiriladi. Bu psixik
faoliyatning insonga xos bo'lgan maxsus turidir.
Odamning ontogeneztik
rivojlanishida ixtiyoriy esda olib qolish nisbatan kech (asosan maktabda o'qish
davrida) shakllanadi. Esda olib qolishning bu turi keyinchalik o'qish va mehnat
faoliyatida jadal rivojlanadi.
Odamning muvaffaqiyatli ixtiyoriy esda olib qolish shartlari
1)
idrok etilayotgan materialning mazmuni va ahamiyatliligini
Do'stlaringiz bilan baham: