O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzoq muddatli xotira
Operativ xotira - mazkur faoliyat maqsadlariga erishish uchungina zarur
bo'lgan ma'lumotlarni tanlab saqlash va dolzarblashtirishdir. Operativ xotiraning davomiyligi tegishli faoliyatning davom etish vaqti bilan chegaralanadi. Masalan, biz gap mazmunini butunligicha anglash uchun gap elementlarini eslaymiz, yechayotgan vazifamizni bajarish vaqtida topshiriq shartini eslaymiz, murakkab hisoblashlarda oraliq raqamlarni eslaymiz. Operativ xotiraning samaradorligi odamning esga olinayotgan materialni tashkil qila bilish qobiliyati bilan, operativ xotira birligi bo'lmish - yaxlit komplekslarni yarata bilishi bilan belgilanadi. Masalan, harflab, bo'g'inlab, so'zma- so'z yoki so'zlar kompleksi bilan o'qish - bular operativ birliklarning turli bloklaridan foydalanishga misol bo'ladi. Agar odam turli vaziyatlarning juz'iy emas, balki umumiy xususiyatlarini ko'ra bilsa, o'xshash elementlarni yanada yirikroq bloklarga birlashtira olsa, materiallarni qayta kodlashtira olsa, operativ xotira ancha yuqori darajada amal qiladi. Masalan, ABD 125 raqamini 125 125 ko'rinishida qayta kodlashtirib olib eslash osonroq bo'ladi (ya'ni harflarni shu harflarning alfavitdagi o'rniga mos ravishda qayta kodlashtirib olish orqali). Operativ xotiraning amal qilishi ma'lum darajada nerv-psixik zo'riqishni taqozo qiladi, chunki u bir-biriga raqobatda bo'lgan qator qo'zg'alish markazlarini bir vaqtning o'zidagi o'zaro ta'sirini talab qiladi. Ob'ektlar bilan ishlashda esa, 159 ularning holati muntazam o'zgarib turadi, operativ xotirada ikkitadan ortiq bo'lmagan o'zgaruvchan omillar saqlanib qolishi mumkin. Uzoq muddatli xotira - katta ahamiyatga ega bo'lgan mazmunni uzoq muddat esda olib qolishdir. Uzoq muddatli xotiraga kiruvchi ma'lumotlarni tanlab olish, uni kelgusida qo'llanilishi baholash ehtimoli bilan, voqealarni oldindan ko'ra bilish bilan bog'liq. Uzoq muddatli xotiraning hajmi ma'lumotlarning mazkur odam uchun qanday ahamiyatga, mazmunga ega ekanligiga bog'liq bo'ladi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling