O'zbekiston respublikasi profi universitety


 §. Xotira haqida tushuncha


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

4 §. Xotira haqida tushuncha 
Xotira - odamning voqelik bilan oldin bo'lib o'tgan o'zaro 
munosabatlari natijalarini psixik aks ettirishi va ulardan kelgusi faoliyatida 
foydalanishi, mazkur individium tajribalari natijasida tuzilgan voqelikni 
psixik modellari majmuidir
Xotira - bu sezgilar, idrok va tafakkur natijalarini qamrab oluvchi integrativ 
psixik jarayondir. Ma'lumotlar ularning faoliyat uchun ahamiyatlilik tamoyiliga 


157 
ko'ra miya tomonidan saralab olinadi. Eng ahamiyatli bo'lgan ma'lumotlar odatda 
uzroqroq vaqt saqlanadi. 
Gipnoz yordamida olingan faktlar mutlaqo unutilib yuborilgandek tuyilgan 
ko'plab taassurotlarning izi aslida saqlanib qolishligini ko'rsatadi. Masalan, agar 
odamni gipnoz holatiga tushirib, unga u yana ilk yoshlik (bolalik) davrini boshidan 
kechirayotganligiga inontirilsa, unda u yana xuddi o'sha vaqtlarda qanday gapirgan 
bo'lsa, o'shanday intonatsiya bilan gapirib, o'sha vaqtlarda qanaqa imlo bilan 
yozgan bo'lsa o'shandaqa imloda yoza boshlaydi, hatto o'sha vaqtlar uchun 
xarakterli bo'lgan grammatik xatolarini qiladi. Shunday qilib, odam xotirasi esda 
olib qolish borasida emas, balki zarur materialni ongli ravishda yana qayta esga 
tushirishda cheklangan bo'ladi. 
Xotiraning neyrofiziologik asoslari. Nerv bog'lanishlarining qo'zg'alishi va 
tormozlanishi, mustahkamlanishi, tuzilishi xotiraning fiziologik mexanizmlari 
bo'lib hisoblanadi. Bu fiziologik jarayonlarga, xotiraning: esda olib qolish, esda 
saqlash, unutish va yana qayta esga tushirish jarayonlari mos keladi. Ta'sir 
etayotgan qo'zg'atuvchining ahamiyatliligi, uning oriyentirlovchi faoliyat 
maydoniga tushishi, uning bosh miya qobig'idagi optimal qo'zg'alish o'chog'ida aks 
ettirilishi nerv bog'lanishlarining muvaffaqiyatli amalga oshish sharti hisoblanadi. 
Hozirgi vaqtda xotiraning fiziologik asoslarini bioximik darajada tadqiq 
etish borasida jadal tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Masalan, yangi paydo 
bo'lgan izlar xotirada mustahkamlanishi uchun ma'lum bir muddat (15 sekunddan 
30 minutgacha) vaqt zarur ekanligi aniqlangan. Bevosita taassurot natijasida 
yuzaga kelgan yangi izlar, zudlik bilan emas, balki bioximik jarayonlar uchun 
zarur bo'lgan ma'lum bir vaqt mobaynida qayd etiladi. 
Nerv hujayrasiga ko'rsatilgan ta'sir ribonuklein kislota (RNK)ning shunga 
mos ravishda o'zgarishini yuzaga keltiradi. Bu ro'y bergan o'zgarish, o'z navbatida 
shu o'zgarishni yuzaga keltirgan qo'zg'atuvchiga o'ziga xos javob berish 
imkoniyatini yaratadi. RNKning boshqa ta'sirlarga javob bermay, aynan mazkur 
ta'sirga javob berish qobiliyati xotiraning bioximik mexanizmini tashkil qiladi. Bu 
hujayrada mavjud bo'lgan RNKlardagi maxsus o'zgarishlar miqdori 10 000 000 
000 000 000 ta (10 darajasi 15ta)lar atrofida bo'ladi. Shunga ko'ra, vaqtinchalik 
bog'lanishlar miqdori faqat alohida hujayralarning aloqasi (kontakti)gagina bog'liq 
bo'lmay, balki bir hujayra darajasida ham ko'plab miqdorda bog'lanishlar ishlab 
chiqilishi mumkin.
Shuningdek, esda olib qolish hujayralar o'rtasidagi kontaktlar, tuzilmalar - 
sinapslarda ro'y beradigan o'zgarishlar bilan ham bog'liq bo'lishi mumkin (bir 
hujayrada 100dan ortiq sinapslar bo'ladi).

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling