O'zbekiston respublikasi profi universitety


Ijodiy vazifalarni yechish bosqichlari


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Ijodiy vazifalarni yechish bosqichlari. Bilish vazifalari muammoli 
vaziyatlarda yuzaga keladi va ularning yechish zaruratini anglash bilan bog'liq 
bo'ladi. 
Ijodiy vazifalarni yechishning birinchi bosqichi - bu vazifani aniq nutqiy 
tuzilishi, shart ma'lumotlarini va vazifalarning (savolning) asosiy talablarini 
aniqlab olishdir. 
Topshiriqning sharti - bu uning dastlabki ma'lumotlaridir. Topshiriq talabi 
esa - bu isbotlanishi lozim bo'lgan holat, natijadir. Har qanday vazifaning 
muvaffaqiyatli yechilishi ko'p jihatdan uning asosiy savolini qanday anglashga 
bog'liq. Bu o'rinda ko'pincha ikkita xatoga yo'l qo'yiladi: 
1) topshiriq, uning o'ziga xos xususiyatlari hisobga olinmagan holda, haddan 
tashqari umumlashtirilgan holda anglanadi (masalan, ma'lum bir toifadagi jinoyatni 
o'rganar ekan tergovchi ba'zan mazkur jinoyatni sodir etilish shartlari 
xususiyatlariga e'tibor bermasligi mumkin); 
2) anglanmagan holda, mazkur vazifaga kirmaydigan shart oldindan taxmin 
qilinadi (masalan, agar sinaluvchiga olti dona gugurt cho'pidan to'rtta uchburchak 
yasash topshirilsa, odatda sinaluvchilar uch burchaklarni bir tekistlikda joylashtirib 
bu topshiriqni yechishga urinadilar. Bu yo'l bilan esa topshiriqni yechib bo'lmaydi, 
chunki bu vazifaning shartiga kirmagan. Tergov amaliyotida, tergovchi tomonidan 
tasoddifiy vaziyatlar tergov vazifalarini yechilish sharti, deb baholanganligi tufayli 
jinoyat qidiruv ishlari boshi berk ko'chaga kirib qolgan hollar ham kam emas. 
Vazifani yechishning ikkinchi bosqichi - vazifa shartlarini tahlil qilish va 
uning yechimini topishning mumkin bo'lgan yo'llari haqidagi taxminlarni ilgari 
surish. 
Odam tafakkuri vazifa shartlari va talablari o'rtasidagi ob'ektiv 
munosabatlarga ko'ra tashkil qilinadi, yo'naltiriladi. Bu munosabatlar to'g'ridan-
to'g'ri, bevosita (oddiy vazifalarda) va bavosita, yashirin (murakkab vazifalarda) 
bo'lishi mumkin. 


154 
Murakkab vazifalarni yechishda ular bilan amallar bajarilar ekan, ularning 
shartlarini o'zgartirish talab qilinadi. Ijodiy vazafalar shartlari bilan bajariladigan 
amallar, oldindan belgilangan yo'llar, ma'lum qoidalar (algoritmlar) bo'yicha emas, 
balki taxminiy (gipotetik), taxmin qilingan yo'nalishlar, taxmin (gipoteza)larni 
ilgari surish, qidiruv vazifalariga taalluqli taxmin, versiyalarni ilgari surish bilan 
amalga oshiriladi. Taxmin, gipoteza, versiyalarni ilgari surish vazifa shartlari va 
dastlabki ma'lumotlarni tahlil qilishga asoslanadi. Bu ma'lumotlarni taqqoslab 
ko'rar ekan, tergovchi bu taqqoslashlardan, solishtirishlardan qanday xulosa qilish 
mumkin, mazkur toifa jinoyat, jinoyatlarni qidirishning qaysi umumiy usullari va 
taktikalariga mos kelishligi - kabilar haqidagi masalalarni xal qiladi. Agar vazifa 
shartlari tahlil qilinmasa, va uni yechish muammoni yechishning barcha mumkin 
bo'lgan usullarini birin-ketin qo'llash orqali amalga oshirilsa, unda bu usul “tajriba 
va xatolar usuli” (“метод проб и ощибок”) deyiladi va intellekt darajasining past 
ekanligini ko'rsatadi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling