O'zbekiston respublikasi profi universitety


Tafakkurning mantiqiyligi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Tafakkurning mantiqiyligi - o'rganilayotgan ob'ektning barcha muhim 
tomonlarini, mumkin bo'lgan barcha o'zaro aloqalarni hisobga olgan holda 
qilinadigan mulohazalarning qat'iy ketma-ketligi bilan xarakterlanadi. 
Tafakkurning isbotliligi - mulohaza va xulosalarning to'g'riligiga ishonch 
hosil qilish uchun zarur bo'lgan faktlardan, qonuniyatlardan o'z fursatida, o'z 
o'rnida foydalana olish qobiliyatini xarakterlaydi. 
Tafakkurning tanqidiyligi - fikrlash faoliyati natijalarini qat'iy baholay 
bilishni, ularni tanqidiy baholashni, noto'g'ri yechimlarni chetlashtirish, boshlangan 
xatti-harakat topshiriq talablariga zid bo'lsa ulardan voz kechish kabilarni taqozo 
qiladi. 
Tafakkurning kengligi mazkur topshiriqqa taalluqli bo'lgan barcha 
ma'lumotlarni nazardan chetda qoldirmaslik, masalani butun borlig'icha qamrab 
olish qobiliyatini o'z ichiga oladi. 
Intellektning yuqorida sanab o'tilgan barcha sifatlari tergov faoliyatida zarur 
sifatlar hisoblanadi. Biroq, tergov faoliyatining ayrim yo'nalishlarida u yoki bu 
sifat muhimroq bo'lishi mumkin. Masalan, ma'lum bir versiya (taxmin)larni ilgari 
surishda tafakkurning epchilligi, tadbirkorligi, kengligi va isbotliligi muhim bo'lsa, 
taxminlarni tekshirib ko'rish bosqichida - tafakkurning tanqidiyligi muhimdir. 
Jinoyat qidiruv ishlari bo'yicha turli xil muammolarni yechishda
tergovchining mazkur vazifani shu toifadagi muammolarni yechishning umumiy 
tamoyillari 
bilan 
solishtira 
bilish 
qobiliyati 
(ya'ni 
umumlashtirilgan 
assotsiatsiyalardan foydalana olish qobiliyati) muhim ahamiyatga egadir. 
Tafakkur muayyan bir shaxsning motivatsion jihati (ehtiyojlari, qiziqishlari, 
ustanovkasi, hissiyoti va sh.k.) bilan bog'liq. Ayrim holatlarda oldindan paydo 
bo'lgan fikr to'g'ri tafakkur qilishga halaqit qiladi. Masalan, u yoki bu shaxsga
kasb egasi va shu kabilarga nisbatan salbiy munosabatda bo'lish tezkor faoliyatning 
ob'ektivligiga halaqit qilishi mumkin. Qandaydir bir hodisaga nisbatan oldindan 
bichib-to'qilgan munosabatda bo'lish, tasoddifiy hissiy taassurotlarni bo'rttirib 
yuborish, ko'pincha topshiriqni shablonli, stereotipli yechilishiga va oxir oqibatda 
real voqelikni noto'g'ri aks ettirilishiga olib keladi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling