153
Vazifa, agar u odam uchun o'ta sodda, oson bo'lsa, u bu odam uchun
“vazifa” bo'lmay qoladi. Lekin haddan tashqari qiyin, bu odamning imkoniyatlari
doirasidan ortiq bo'lgan vazifalar ham o'zining vazifalik hislatini yo'qotadi. Bunday
topshiriqlarni ham odam o'zi uchun vazifa deb idrok qilmasligi mumkin.
Berilgan
topshiriqda topilishi, yechilishi, hal qilinishi lozim bo'lgan
qidirilayotgan narsa, ya'ni vazifa, oldin hech qachon berilmagan (aks
holda
topshiriq ham bo'lmagan bo'lar edi), lekin shu vazifa topshiriqning shartida
“berilgan”, shu shartlarga nisbatan ma'lum bir bog'liqlikda, nisbatda bo'ladi. Bu
tarzdagi vazifalar muammoli vaziyat hisoblanadi.
Har qanday muammoli vaziyat
shunday bir tarzda tuziladiki, unda izlanish doirasi ma'lum bir tarzda yo'naltirilgan,
lekin cheklangan holatda bo'ladi. Qidirilayotgan noma'lum narsa hamisha ma'lum
narsa bilan u yoki bu tarzda, bilvosita bog'langan bo'ladi.
Fikrlash faoliyati shu
bog'liqlikni topishga qaratiladi.
Barcha vazifalar ikkita katta sinfga farqlanadi, bular:
algoritmik (oldindan
ma'lum qoidalar bo'yicha yechiladigan) va
ijodiy (ularning
yechilish usullari
oldindan ma'lum bo'lmaydi).
Sabab-oqibatli, izchillikli vazifalar odatda ijodiy vazifalar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: