O'zbekiston respublikasi profi universitety


Xulosa - boshqa hukmlardan yangi hukmni keltirib chiqarish, mavjud


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Xulosa - boshqa hukmlardan yangi hukmni keltirib chiqarish, mavjud 
bilimlardan yangi bilimlarni olishdir. 
Qator juz'iy hukmlardan yangi hukmni keltirib chiqarish induktiv xulosa 
chiqarish deyiladi. (Bizga ma'lum jinoyat holatlarining barchasi qandaydir jinoyat 
izlariga ega ekanligiga asoslangan holda, biz “jinoyat izsiz sodir etilmaydi” - degan 
umumiy xulosaga kelamiz). Umumiy holatdan juz'iy holatga qarab chiqarilgan 
xulosa - deduktiv xulosa chiqarish, deyiladi. Masalan, yuqorida keltirib o'tilgan 
umumiy holatlardan kelib chiqqan holda, jinoyat sodir etilgan konkret holatga duch 
kelar ekanmiz, biz “bu holatda ham jinoyat izi bo'lishi shart” - degan xulosaga 
kelamiz. Xulosa chiqarishning bu ikkala turi bir-biri bilan o'zaro bog'liqdir: 
induktsiya deduktsiya bilan tekshiriladi, deduktsiya esa oldindan amalga oshirilgan 
induktsiyaga asoslanadi. 
Shuningdek, o'xshashligiga ko'ra xulosa chiqarish - bir juz'iy hodisalarga 
asoslangan holda boshqa juz'iy hodisalar haqida xulosa chiqarish ham farqlanadi. 
(Xulosa chiqarishning bu turi tergov amaliyotida, u yoki bu taxmin boshqa 
o'xshash hodisalarga asoslangan holda ilgari surilgan vaziyatlarda foydalaniladi). 
Biroq, shuni nazarda tutish kerakki, o'xshashligiga ko'ra xulosa chiqarish o'z-
o'zicha ishonchli ma'lumotlarni bermaydi va u tekshirib ko'rishni talab qiladi. 
Shunday qilib, tafakkurda narsa hodisalarning muhim ob'ektiv 
xususiyatlari, ular o'rtasidagi o'zaro bog'liqliklar, ularning muhim umumiy 
xususiyatlari modellashtiriladi va ular tushunchalar, hukmlar va xulosalar 
shaklida ifodalanadi
Tafakkur turlari va uning individual sifatlari 
Insoniyatning tarixiy rivojlanishi jarayonida dastavval amaliy faoliyat 
rivojlangan, keyinchalik esa uning asosida nazariy faoliyat yuzaga kelgan. 
Masalan, odamlar amaliy faoliyatni amalga oshira borar ekanlar o'zlari 
yashaydigan, ishlaydigan yer qismlarini (uchastkalarni) tajriba yo'li bilan 
o'lchaydigan bo'ldilar va shuning asosida keyinchalik asta-sekinlik bilan maxsus 
nazariy fan - geometriya yuzaga keldi. Alohida olingan individning rivojlanishida 
ham amaliy faoliyat dastavval muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Masalan, 
maktabgacha yosh davridagi bola tafakkuri asosan ko'rgazmali - harakat 
tafakkuridan iborat bo'ladi. Bu davrda bola faqat o'zi ko'rib turgan narsalar va 
amaliy muomalada bo'ladigan predmetlar bilan bajariladigan topshiriqlarnigina 
yecha oladi (o'yinchoqlarning tuzilishini bilish uchun uni buzadi). 
Bola xuddi o'tmishdagi ajdodlarimiz kabi predmetlar bilan munosabatda 
bo'lar ekan, ularni qismlarga bo'lib va yana birlashtirib, uning ayrim qismlarini 


151 
ko'rgazmali ravishda bir-birlariga qiyoslab, shundan so'nggina asta-sekinlik bilan 
bu predmetlarning ongdagi obrazlari bilan ishlaydigan (fikrlaydigan) bo'ladi. 
Tafakkurning ilk genetik turlaridan biri ko'rgazmali-harakat tafakkuridir. 
Ko'rgazmali - harakat tafakkurida predmetlarning o'zi bilan bevosita munosabatda 
bo'lish, ular bilan bevosita ishlash muhimroq ahamiyatga (ustunlikka) ega bo'ladi. 
(Tafakkurning bu turi elementar shakllarda ayrim oliy darajada rivojlangan 
hayvonlarda ham bo'ladi). Ko'rgazmali - harakat tafakkuri asosida ko'rgazmali - 
obraz tafakkuri yuzaga keladi. Tafakkurning bu turi uchun real predmetlar bilan 
emas, balki ko'rgazmali obrazlar bilan ishlash xarakterlidir (masalan, maqsadga 
erishish uchun qanday asbobdan foydalanish yaxshiroq ekanligini aqlan (fikran) 
xal qiladi). 
Mavhumlashtirilgan abstrakt tafakkur yoki so'z-mantiqiy tafakkur, ya'ni 
tushunchalar va mulohazalar shaklidagi (masalan, hodisalar sabablarini xulosa 
chiqarishlar yordamida aniqlash) tafakkur - tafakkur rivojlanishining oliy darajasi 
(tafakkurning oliy turi) hisoblanadi. Biroq bu o'rinda ham tafakkur ko'rgazmali-
hissiy tajriba bilan bog'liqlikda bo'ladi. Ayrim katta yoshdagi odamlar tafakkurini 
ham, shuningdek, obrazli (badiiy), abstrakt (nazariy) va aralash turlarga farqlash 
mumkin. Lekin turli faoliyatlarda, odatda bir odamning o'zidayoq, u yoki bu 
tafakkur turi birinchi planga chiqishi mumkin (masalan, kundalik maishiy ishlar 
ko'rgazmali-harakat tafakkurini yoki obrazli tafakkurni, ilmiy mavzularda 
suhbatlashish esa nazariy (so'z-mantiqiy) tafakkurni talab qiladi). 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling