O'zbekiston respublikasi profi universitety


muhim jihatlarning munosabatlarini ajratib olishdir


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

muhim jihatlarning munosabatlarini ajratib olishdir.
Abstraktsiya - hissiy aks ettirishdan ma'lum bir alohida bog'liqliklar va 
munosabatlarni ajratib olishga o'tishdir. Abstraktsiya real elementlarni va ularning 
bog'liqligini fikran guruhlash bilan bog'liq bo'ladi. Odamning abstraktsiyalovchi 
faoliyatining diapazoni juda keng (konkret obraz tushunchalaridan (“stol”, “stul”) 
to ilmiy abstaktsiyalargacha (“psixika”, “materiya”, “mustaqillik”). 
Barcha abstraktsiyalar - bu tushunchalardir. Hissiy bilishdan abstrakt 
tushunchalarga o'tish bevosita faoliyatning yo'qotilishi, bo'lmasligi va hodisalar 
mohiyatiga kirib borish bilan bog'liq. Abstraktsiyalovchilik faoliyatiga 
qobiliyatlilik hayol va oldindan ko'ra bilish asosida yotadi. 
Abstraktsiya jarayonida, odam, ob'ekt mohiyatining u yoki bu tomonini 
tushunish, bilish uchun konkretlikdan chalg'iydi. Lekin bilishning maqsadi 
amaliyot, jonli aniq faoliyat bo'lganligi tufayli, bilishning yuqori bosqichida 
abstraktlikdan konkretlikka borish amalga oshadi. 
Konkretlashtirishni umumiy holatning juz'iy misoli sifatidagina tushunish 
kerak emas. 
Konkretlashtirish - bu yaxlit ob'ektni uning o'zaro a'loqalarining butun 
borlig'icha bilishdir. Bu yaxlit ob'ektni nazariy jihatdan yaratish, qayta tiklash, 
tasavvur qilishdir. 
Abstraktlash va konkretlashtirish - bu fikrlash operatsiyalarini bir-biridan 
ajratish, yakkalash emas, balki bilishni rivojlanishining o'zaro bog'liq tomonlaridir. 
Klassifikatsiyalash - predmet va hodisalarni ularning umumiy belgilariga 
(turi, sinfi, toifasi) ko'ra, ma'lum bir guruhga birlash-tirilishidir. Klassifikatsiyalash 
taqqoslash va umumlashtirishga asoslanadi. 
Sistemalashtirish - predmetlarni yanada maydaroq guruhchalarga turlarga, 
tabaqalarga bo'lib guruhlash, umumiydan qismlarni ajratib olish, alohida qismlar 
o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni aniqlashdir. 
Klassifikatsiyalash va sistemalashtirishda, mazkur predmet uchun muhim 
bo'lgan belgilar asos bo'lishi kerak. Lekin, sistemalashtirish gohida kam 
ahamiyatli, lekin operativ munosabatlarda qulay bo'lgan belgilarni ham asos 
sifatida olinishiga yo'l qo'yadi (masalan, alьfavit katalogi). 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling