O'zbekiston respublikasi profi universitety


Analiz va sintezning o'zaro munosabati


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Analiz va sintezning o'zaro munosabati. Tafakkurning har bir akti, har bir 
fikrlash operatsiyasi analiz va sintezga asoslanadi. Ma'lumki oliy nerv faoliyatining 
asosiy tamoyili analiz va sintez tamoyilidir. Tafakkur ham miya funktsiyasi sifatida 
shu tamoyillarga asoslanadi. 
Fikrlash jarayonining barcha bosqichlari analiz va sintezga asoslanadi. Biron 
bir savolga beriladigan har qanday javobni qidirish, ularning turli aloqalaridan 
analiz va sintezni talab qiladi (analiz va sintezdan kelib chiqadigan fikrlash 
operatsiyalari abstraktsiya va umumlashtirish hisoblanadi). 
Analiz - ob'ektning mazkur vazifani bajarish uchun muhim bo'lgan 
tomonlari, jihatlarini ajratib olishdir. Bu o'rganilayotgan ob'ektning tuzilishini 


146 
aniqlash, murakkab hodisalarni sodda elementlarga, qismlarga ajratish, muhim 
jihatlarni - muhim bo'lmagan jihatlardan ajratib olish. 
Analiz, yaxlit narsaning qaysi qismi ma'lum bir belgiga ega? - degan kabi 
savollarga javob beradi. Masalan, biz biron bir vazifani bajarishga nomzodni 
o'rganar ekanmiz, uning shaxsidagi qaysi sifati ijobiy-yu, qaysilari salbiyligini 
farqlaymiz va ulardan samarali foydalanish uchun uning qaysi jihatlariga, qanday 
ta'sir etishni belgilaymiz. Bunda analiz natijalari umumlashtiriladi (biriktiriladi), 
sintez qilinadi. 
Sintez - o'rganilayotgan ob'ekt elementlari, tomonlarini, ular o'rtasidagi 
ma'lum bir munosabatdagi bog'liqliklarni aniqlash asosida birlashtiradi. 
Sintez orqali analiz qilish tafakkurning asosiy mexanizmi, uning umumiy 
qonuniyati bo'lib hisoblanadi. Ya'ni, ob'ektdagi yangi xususiyatlarni ajratib olish 
(analiz), uni boshqa ob'ektlar bilan taqqoslab ko'rish (sintez) orqali amalga 
oshiriladi. Tafakkur jarayonida bilish ob'ekti doimo, “yangidan-yangi aloqalarga 
kirishadi va shuning evaziga ob'ektning yangidan-yangi sifatlari aniqlanadi va ular 
yangi tushunchalar bilan qayd etib boriladi. Shunday qilib, ob'ektdan go'yo yangi 
mazmun “kovlab” olinadi. U go'yo har safar o'zining boshqa tomoni bilan 
ko'rinadi, unda yangi xususiyatlar aniqlanib boriladi”
1
. Analiz va sintez biridan-
biriga o'zaro o'tib turish bilan birga, fikrning hodisa mohiyatini yanada chuqurroq 
kirib borishi tomon uzluksiz harakatini ta'minlaydi. Bilish jarayoni hali qismlarga 
bo'linmagan yaxlit hodisa, vaziyatni idrok qilishning birlamchi sintezidan 
boshlanadi. Keyinchalik analiz asosida ikkilamchi sintez amalga oshiriladi. 
Oqibatda bu yaxlitlik haqidagi yangi bilimlar olinadi, bu bilingan yaxlitlik esa yana 
navbatdagi chuqur analiz uchun baza bo'lib hizmat qiladi va hokazo. 
Bu o'rinda analiz - ob'ektning keyingi sintez va umumlashtirish uchun 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling