O'zbekiston respublikasi profi universitety


Odam tafakkurining mohiyati - umumiy bog'liqliklarni aniqlash, bir


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Odam tafakkurining mohiyati - umumiy bog'liqliklarni aniqlash, bir 
xildagi hodisalar guruhlarining xususiyatlarini umumlashtirish, muayyan 
hodisa mohiyatini, ma'lum bir hodisalar sinfining bir ko'rinishi sifatida 
tushunish kabilardan iborat.
Lekin, tafakkur sezgi va idrok chegarasidan chiqib ketar ekan, baribir 
voqelikni hissiy bilish bilan uzviy bog'liqligicha qoladi. Yashirin, tovushsiz, ichki 
nutq odam tafakkurining mexanizmi bo'lib hisoblanadi. Ichki nutqning 
qisqartirilganligi, torligi uning asosiy xususiyatidir. Lekin, fikrlash jarayonida 
qiyinchiliklar yuzaga kelib qolsa, ichki nutq kengaytirilgan shaklga aylanadi va 
ko'pincha shivirlash yoki eshitiladigan nutqqa aylanadi. Bu abstrakt nutqiy 
materiallar: vazifalarning sharti, tuzilishi va sh.k.larni yaxshiroq tahlil qilish va 
mustahkamlash imkonini beradi. 
Til materiallarni mavhumlashtirish, ularning muhim belgilarini ajratib olish, 
bilimlarni qayd qilish va saqlash, bilimlarni boshqa odamlarga uzatish vositasi 
hisoblanadi. Faqat til tufayligina butun insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi 
alohida bir individiumning mulki, boyligi bo'la oladi. So'zning mazmuni 
tafakkur quroli bo'lib hisoblanadi. 
Tafakkur ijtimoiy shartlangandir, u faqat odam ijtimoiy sharoitlarda, 
muhitda yashagandagina yuzaga keladi. U bilimlarga, ya'ni insoniyatning ijtimoiy-
tarixiy tajribalariga asoslanadi. 
Tarixiy rivojlanish jarayonida fikrlash xatti-harakatlari ma'lum bir mantiqiy 
qoidalarga bo'ysuna boshlagan. Doimo takrorlayverish va amaliyotda tekshirib, 
sinalib ko'rilganidan so'ng, bu qoidalar odam ongida mustahkamlanib va uning 
uchun aksiomatik xarakter kashf etib borgan. 
Tafakkur hodisalari klassifikatsiyasi 
Tafakkurning turli xil hodisalaridan: tafakkur faoliyati, tafakkur xatti-
harakati, tafakkur operatsiyalari, tafakkur shakllari, tafakkur turlari, 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling