O'zbekiston respublikasi profi universitety


Tafakkurning muammoliligi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Tafakkurning muammoliligi. Tafakkur hamma vaqt qandaydir - bir 
muammoni yechish bilan bog'liq ravishda yuzaga keladi, muammoning o'zi esa 
muammoli vaziyatda yuzaga keladi. 
Muammoli vaziyat - bu shunday sharoitki, unda odam o'zi uchun, o'ziga 
ma'lum bo'lgan bilimlar nuqtai nazaridan tushunarsiz bo'lgan nimagadir duch 
keladi. Bu vaziyat tafakkur natijasida xal qilinishi lozim bo'lgan ma'lum bir bilish 
qiyinchiliklari, to'siqlarning yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. Muammoli 
vaziyatlarda doimo shunday maqsadlar yuzaga keladiki, ularga erishish uchun 
mavjud vositalar, usullar va bilimlar kamlik qiladi. 
Jinoyat faktlariga duch kelar, ekan tergovchi odatda, muammoli vaziyat 
bilan to'qnashadi. Dastlab uning ixtiyorida faqat qidirishga undaydigan ayrim 
faktlar bo'ladi xolos, biroq ular jinoyatni fosh etish uchun kamlik qiladi (etarli 
bo'lmaydi). Mana shunday vaziyatlarda u tafakkur mexanizmlariga asoslanadi. 
Muammo - savolning shunday bir alohida ko'rinishiki, unga beriladigan 
javob bizning bilimlarimiz va tajribamizda bo'lmaydi. Shuning uchun, uning 
yechimi maxsus amaliy va nazariy xatti-harakatlarni amalga oshirishni 
taqozo etadi. Muammo bizning diqqatimizni tegishli bilimlarning yetishmasligiga 
yoki umuman yo'qligiga qaratadi (bu bilmasligimizni bilishimizdir). 
Muammo - bu yangi bilimlarning zarurligini anglashdir. Har qanday aqliy 
faoliyat ham muammoga yechim bo'lavermaydi. Masalan, topshiriqni o'zimizga 
ma'lum bo'lgan usul bilan yechar ekanmiz, biz aqliy faoliyatni amalga oshiramiz
lekin muammoni yechmaymiz.
Ob'ektning hali nomalum bo'lgan jihatlarini bilish, yangiliklarni ochish
doimo shu xususiyatlar paydo bo'ladigan o'zaro bog'liqliklar, munosabatlar orqali 
amalga oshadi. 
Tafakkur - bu bevosita berilmagan, lekin shu berilgan material bilan ma'lum 
bir munosabatda bo'ladigan narsani bilishdir. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling