O'zbekiston respublikasi profi universitety


 §. Tafakkur haqida tushuncha


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

3 §. Tafakkur haqida tushuncha 
Sezgi va idrok jarayonida odam olamni bevosita hissiy aks etish orqali 
biladi. Biroq narsa hodisalarning ichki qonuniyatlarini, mohiyatini biz ongimizda 
bevosita aks eta olmaymiz. Bironta ham qonuniyatni bevosita hissiy bilish 
organlari orqali aks ettirib bo'lmaydi. Derazadan tashqariga qarab ko'chalar, 
daraxtlar, tomlarning xo'lligiga qarab (ko'rib) yomg'ir yoqqanligini aniqlaymizmi, 
yoki sayyoralar harakati qonunlarini aniqlaymizmi bundan qat'i nazar, bu 
vaziyatlarda biz mantiqiy (tafakkur, fikrlash) operatsiyalarni amalga oshiramiz. 
Ya'ni dalillarni solishtirib, voqelikdagi hodisalar o'rtasidagi mavjud (muhim) 
bog'liqliklar, aloqalarni aks ettiramiz. Odam hech qachon elementar zarrachalar 
(atomlar, molekulalar)ni ko'rmagan, hech qachon Mars, Venera yoki Quyoshda 
bo'lmagan, biroq tafakkur natijasida u materiyaning ma'lum bir elementar qismlari 
haqida va Mars yoki boshqa sayyoralarning ayrim xususiyatlari haqida ma'lumotlar 
olgan. Bilish narsa, hodisalar o'rtasidagi munosabatlar va aloqalarni aniqlashga 
asoslanadi.
Masalan, buyuk bobokalonimiz Abu Rayxon Beruniy, Amerikada 
bo'lmagan, u qit'aga bormagan. Biroq, biz bilamizki, u zot o'z asarlarida Ummon 
ortida quruqlik borligi, u yer faunasi, florasi haqida, u quruqlikda yashaydigan 
jonivorlar, o'sadigan o'simliklar haqida tafakkur qilib, mantiq mushohadasidan 
o'tkazib, u yerdagi elementlar haqida fikr yuritdan. Yoki Al-Xorazmiy ham oyda 
bo'lmagan, biroq yer va oy orasidagi masofani aniq hisoblab yergan. Geografiyaga 
uzunlik va kenglik tushunchalarini kiritgan. Bu kabi holatlarga o'tmish 
ajdodlarimiz ishlaridan ko'plab misollar keltirish mumkin. Bularning hammasi ular 
tafakkurining, “aql mash'ali”ning maxsulidir. 
Olamni bilar ekan, odam hissiy bilish tajribalari natijalarini umumlashtiradi, 
narsalarning umumiy xususiyatlarini aks ettiradi. Atrof olamni bilish uchun bu 
hodisalar o'rtasidagi bog'liqlik, aloqalarni sezishgina yetarli emas, balki bu 
aloqalar, shu narsalarning umumiy xususiyati ekanligini ham aniqlash kerak. Shu 
umumlashgan asosda odam muayyan bilish vazifalarini hal etadi. Tafakkur 
bevosita, hissiy aks etish yo'li bilan javob berib bo'lmaydigan savollarga javob 
beradi. Masalan, tergovchi jinoyat sodir etilgan joyni ko'zdan kechirib chiqar ekan, 


142 
ro'y bergan hodisaning ayrim izlarini topadi. Ular o'rtasidagi muhim, so'zsiz 
takrorlanadigan o'zaro aloqalarni aniqlar ekan, u mantiqiy tafakkur yo'li bilan 
voqeaning borishini (qanday sodir etilganligini) ehtimoli bo'lgan yo'llarini ishlab, 
(qayta tiklab) chiqadi. Bu qayta ishlab chiqish bevosita, voqelikda ro'y bergan 
hodisaning tashqi ifodalanishi va mohiyati o'rtasidagi bog'liqliklarni tushunish yo'li 
bilan amalga oshiriladi.
Tafakkurning bu jarayoniga tarixiy-hujjatli manbalardan bir misol 
keltirishimiz mumkin. Razvedkaviy faoliyatga oid adabiyotlarda qayd etilishicha, 
1941-1945 yilgi urush arafasida, sovet fuqarolari Germaniyadan SSSR hududiga, 
chegarachilar e'tiborini o'ziga qaratmaydigan har-xil temir-tersak buyumlari
fonarlar ko'p miqdorda olib o'tisha boshlagan. Bu buyumlar esa aksariyat hollarda 
ishlatilib bo'lingan eski latta qiyqimlariga o'ralgan bo'lgan. Germaniya 
chegarachilari chegaradan o'tuvchilarning buyumlarini nazorat qilar ekanlar, ular 
asosiy e'tiborni shu latta qiyqimlariga o'ralgan buyumlarga qaratganlar. Ular esa 
chegarachilarda hech qanday shubha uyg'otmagan. Aslida esa shu buyumlar 
o'ralgan lattalar nemis soldatlarining oyoq kiyimlarini yoki qurol aslahalarini 
tozalaydigan lattalarining qoldiqlari bo'lgan. Bu lattalarni va ulardagi moy tarkibini 
laboratoriyalarda o'rganib chiqish orqali SSSR maxsus xizmati idoralari nemis 
qo'shinlarining SSSRga hujum qilishga qay darajada tayyorgarlik ko'rayotganligi 
haqidagi ma'lumotlarni olishga erishgan. Yoki aynan shu manbada qayd 
etilishicha, Germaniya hududida faoliyat ko'rsatayotgan sovet razvedkasi 
bozorlarda qo'y go'shti va qo'y terisi narxi qandayligi haqida kuniga ikki martadan 
ma'lumot berib turgan. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, agar 
Germaniya armiyasi SSSRning sovuq iqlimli hududida jang qilishga 
tayyorlangudek bo'lsa, unda o'z qo'shinlari uchun ko'p miqdorda issiq kiyimlar 
tayyorlashi lozim bo'ladi. Buning uchun mamlakatda so'yilishi lozim bo'lgan 
qo'ylar soni ortadi. Bu esa o'z navbatida bozorlarda qo'y go'shti narxining pasayishi 
va teri narxining ortishiga olib keladi. Narx navoning bunday o'zgarishi va shu 
kabi ma'lumotlarni umumlashtirgan holda maxsus hizmat vakillari tegishli 
xulosalarga kelishlari mumkin bo'lgan. Bunga ko'plab misollar keltirish mumkin. 
Bunday bevosita aks etishni faqat umumlashtirish, bilimlar asosidagina 
amalga oshirish mumkin. Tafakkur tufayli odam, oldin olgan (ega bo'lgan) 
umumlashtirishlaridan yangi aniq vaziyatlarda, sharoitlarda foydalanish orqaligina 
atrof olamda to'g'ri oriyentatsiya qila oladi. Hazrat Navoiy aytganlaridek: “Dedi: 
har ishki qilmish odamizod, Tafakkur birla bilmish odamizod” 
1

Odamning faoliyati ob'ektiv voqelikdagi o'zaro aloqalar, qonuniyatlarni 
bilganligi uchungina oqilonadir. 
Shunday qilib, tafakkur - voqelikning muhim qonuniyatli o'zaro bog'liqligini 
bevosita va umumlashtirilgan holda aks ettirilishidir. Bu voqelikning muayyan 
vaziyatlarida umumlashtirilgan holda oriyentatsiya qilishdir. 
1
Навоий Алишер. Ҳикматлар /Нашрга тайёрловчилар: С.Муталлибов, Э.Очилов. –Т.: 
“Шарқ”, 2006.-Б.48.


143 
Tafakkurda faoliyat sharoitlarini uning maqsadiga munosabati aniqlanadi, 
bilimlarni bir vaziyatdan boshqasiga o'tkazish amalga oshiriladi, mazkur vaziyatni 
maxsus umumlashtirishga, sxemaga aylantirish kabilar amalga oshadi. 
Masalan, Miletlik Fales Misr piramidalarining balandligini bir ob'ekt 
tomonlari bilan boshqa ob'ektlarning ham shunday tomonlari o'rtasidagi munosabat 
(nisbat)larning bir-biriga ko'chirish, qiyoslash orqali aniqlagan. U ularning soyasini 
quyosh tikkaga kelgan paytda o'lchab chiqqan. Bunga, buyuk ajdodlarimiz Ahmad 
Farg'oniy (Ferganus)ning “Nilomer”ni ixtiro qilgani, Abu Rayxon Beruniyning 
“aql mash'ali, dengiz ortin ilk bor yoritganligi”, amerika qit'asi, u yerning fauna-
florasi haqida bildirgan fikrlari ham yaqqol misol. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling