140
Eng mayda (kichik) predmetlarni ham ko'ra olish qobiliyati
ko'rish
o'tkirligi deyiladi. Ko'rish o'tkirligi mazkur masofadan farqlash mumkin bo'lgan
ikki nuqta oralig'idagi
minimal oraliq, farq bilan aniqlanadi. Ko'rish darajasi
normal bo'lgan odamlar 100 m masofadagi 3 sm ga
farq qiladigan predmetlar
farqini ajrata oladilar. Bunday holatda farqlanayotgan ob'ektlarning burchak
razmeri
bir burchak minutiga teng bo'ladi. Bu esa
ko'rish o'tkirligining birligi
hisoblanadi.
Ko'rish o'tkirligi predmet bilan oldindan tanish bo'lish, uni ko'rish
maydonida kutish ob'ektning rangli bo'yalganligi, ob'ektlar va shakllar o'rtasidagi
kontrastlar, ko'rish stimulining ijobiy ta'siri kabilarga bog'liq bo'ladi. Ko'rish
o'tkirligi ob'ektni yoritilganligining ortishi bilan kuchayadi va tananing tebranishi,
qimirlashi tufayli ob'ektni burchak tezligining ortishi bilan pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: