O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

2.Idrokning yaxlitligi. Real voqelikdagi 
predmet va hodisalarda ularning ayrim belgilari 
va xususiyatlari doimiy turg'un o'zaro aloqada 
bo'ladi. Predmetning psixik obrazida bo'lgani 
kabi idrokda ham predmetlar va hodisalarning 
jihatlari o'rtasidagi turg'un aloqalar aks 
ettiriladi. Bu idrokning yaxlitligida ifodalanadi. 
Hatto tanish ob'ektning ayrim belgilarinigina 
idrok etayotgan vaziyatlarda, biz bu ob'ektning 
yetishmayotgan belgilari va qismlarini fikran 
to'ldiramiz. 
 
 
28-rasm.Idrokning yaxlitligi. 
Agar rasm 180 gradusga 
ag'darilsa, unda tasvirlangan 
alohida dog'lar yaxlit obrazlarga 
birlashadi va anglaniladi
Ob'ektning ayrim, alohida, bo'linib ketgan qismlarini biz o'zimizga tanish 
bo'lgan butun, yaxlit holatga keltirishga intilamiz (28-29- rasmlar). 
3. Idrokning tuzilishligi (donadorligi). 
Biz 
ob'ektlarning 
farqini 
ularning 
belgi, 
alomatlarining turg'un tuzilishi tufayli tanib 
olamiz. 
Idrokda 
predmetning 
tomonlari, 
qismlarining o'zaro munosabatlarini ajratib olish 
amalga oshadi (uyni biz uning ayrim belgilari 
qanday bo'lishidan qat'i nazar uy deb idrok 
qilamiz). 
Idrokning anglanganligi idrok etila-
yotgan ob'ekt elementlari o'rtasidagi muno-
sabatlarni aks ettirish bilan uzviy bog'liqdir (30-
rasm). 
Ob'ekt qismlarining farqlanishi qiyin 
bo'lgan vaqtlarda, predmetni yaxlitligicha idrok 
etish ham qiyinlashadi. 
 
29-rasm. Idrokning yaxlitligi. 
Ongning yaxlit ob'ektni ajratib 
olish an'anasi shu qadar kattaki, biz 
hatto oq uchburchak va oq fon 
o'rtasida mavjud bo'lmagan chegara 
qirralarini ham “ko'ramiz”
4. Idrokning tanlovchan yo'nalganligi. Bizni o'rab turgan ko'p sonli 
predmetlar va hodisalar orasidan biz ayni vaqtda ularning ayrimlarinigina ajratib 
farqlab olamiz. Bu, odam faoliyati nimaga yo'naltirilganligiga, uning ehtiyojlari va 
qiziqishlariga bog'liq bo'ladi. Masalan, jinoyat sodir etilgan joyda tergovchi
jinoyatning ashyoviy dalili bo'lmish, jinoyatchining izlarini qidiradi. 
5. Idrokning tanlovchanligi – fondan ob'ektni mumkin qadar ustunroq 
ajratib olishdir. Agar, ob'ekt va fon mazkur faoliyat uchun teng ahamiyatga ega 
bo'lsa, unda ular bir-biriga o'tib ketishi, aralashib ketishi mumkin, ya'ni ob'ekt 
fonga aylanishi, fon esa ob'ektga aylanishi mumkin (31-rasm).
Ob'ektni fondan ajratib, farqlab olish uning konturi bo'yicha amalga oshadi. 
Predmetning konturi qanchalik ravshan, kontrast bo'lsa, uni ajratib olish shunchalik 
oson bo'ladi va aksincha, agar predmet konturi shuvalib ketgan, fon liniyasiga kirib 
ketgan bo'lsa, shuvalib ketgan, fon liniyasiga kirib ketgan bo'lsa, unda ob'ektni 


137 
farqlash qiyin bo'ladi (harbiyda foylananiladigan maskirovkalar shu qonuniyatga 
asoslangan).
6. Appertseptsiya (lotinchadan “ad” - ga; 
perceptio” - idrok). Idrokni shaxsning hayotiy 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling