O'zbekiston respublikasi profi universitety


diskursiv (mulohazali) tafakkur.  Algoritmik tafakkur


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

diskursiv (mulohazali) tafakkur. 
Algoritmik tafakkur - mazkur toifa, sinf vazifalarni yechish uchun zarur 
bo'lgan, elementar operatsiyalarning oldindan belgilangan, ishlab chiqilgan ketma-
ketligiga mos ravishda amalga oshadi (kompьyuterlar va boshqa murakkab 
hisoblash mashinalari ish tamoyillari shunga asoslangan). 
Evristik tafakkur - nostandart vazifalarni ijodiy yechish. 
Diskursiv tafakkur - mulohaza xarakteriga ega bo'lgan tafakkur, u har biri 
oldingisi bilan belgilanadigan va navbatdagi zvenoni shartlab beradigan mantiqiy 
zvenolarning ketma-ketlik qatoriga ega bo'lgan, xulosalar tizimiga asoslanadi. 
Diskursiv tafakkur xulosali (xulosa qilib chiqariladigan) bilimlarga olib keladi. 
Tafakkurning tarixiy rivojlanishida va odam tafakkuri rivojlanishida 
tafakkurning bir-biri bilan o'rin almashadigan uchta bosqichi, turi farqlanadi: 1) 
Ko'rgazmali harakat (sensomotor), 2) ko'rgazmali-obrazli, 3) so'z-mantiqiy 
(mavhum-nazariy) tafakkurlar - tafakkur turlarini tashkil qiladi. 
Umumiy qonunlar bo'yicha namoyon bo'lar ekan, turli odamlarning 
tafakkurlari o'zining individual xususiyatlari, mustaqil darajasi, tanqidiyligi
izchilligi, egiluvchanligi, chuqurligi va tezligi, analiz va sintezning turlicha nisbati, 
individning analitik yoki sintetik tafakkuri bilan farqlanadi. 


145 
Tafakkurning umumiy qonuniyatlari. Tafakkur - bu fikrlovchi odamning 
(sub'ektning) bilish ob'ekti bilan uzluksiz o'zaro munosabatidir. Bu o'zaro 
munosabat doimo qandaydir bir muammoni yechish maqsadida amalga oshadi. U 
analiz va sintezga asoslanadi va o'z natijasi bilan yangi umumlashtirishga ega 
bo'ladi. Shunday qilib aytish mumkinki, muammolilik, analiz-sintez va 
umumlashtirish (umumlashganlik) tafakkurning umumiy psixologik qonuniyatlari 
hisoblanadi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling