O'zbekiston respublikasi profi universitety
muhim ahamiyatga ega bo'lgan xususiyatlari, tomonlarini ajratib olishdir
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tafakkur
muhim ahamiyatga ega bo'lgan xususiyatlari, tomonlarini ajratib olishdir.
Bunda tafakkurning selektivlik - ob'ektning bir xil rejadagi jihatlarini tanlab ajratib olish va refleksivlik - fikrlash jarayonining kechishini nazorat qilish (odamning o'zi bilan o'zi mulohaza yuritishi) kabi qonuniyatlari namoyon bo'ladi, ya'ni tafakkur o'z oldida o'zi hisobot beradi. Voqealarning rivojlanishini tahlil qilishda analitik tafakkurning alohida bir ko'rinishi - antitsipatsiya - yangi hodisalarning bostirib kelishidan quvonish, ma'lum bir xatti-harakatlarning ehtimoli bo'lgan natijalarini oldindan ko'rish yuzaga keladi. Voqealarning rivojlanish variantlarini, muammoni yechishning mumkin bo'lgan yo'llarini oldindan tasavvur qilish qobiliyati - tafakkurning divergentligi deyiladi. Tafakkurning umumlashganligi. Tafakkur, ob'ektning u yoki bu muhim xususiyatini bilish, tegishli bilimlarni olish maqsadida amalga oshadi. Bir turli predmetlar uchun muhim xususiyatlar hamisha mazkur guruh predmetlari uchun umumiy hisoblanadi. (Lekin, har qanday umumiy xususiyat ham muhim hisoblanavermaydi). Ayrim konkret vazifani yechish uchun biz umumlashtirilgan bilimlarni, umumiy qoidalarni qo'llaymiz. Tafakkur jarayonida yakka holatlar hamisha umumiylikning aniq namoyon bo'lishi sifatida qaraladi. 1 Рубинштейн С.П. О мышлении и путях его исследования. - М., 1958. - С. 98. 147 Tafakkur (fikrlash) operatsiyalari. Tafakkur turli operatsiyalarning majmuida amalga oshadi. Bular: taqqoslash, umumlashtirish, mavhum- lashtirish, konkretlashtirish, klassifikatsiyalash va sistemalashtirishlardan iborat. Taqqoslash - predmetlar o'rtasidagi o'xshashlik va tafovutni aniqlashdir. Atrof olamdagi predmetlarni bilish dastavval ularni bir biri bilan taqqoslash, solishtirish (birlamchi sintez) yo'li bilan amalga oshiriladi. Ob'ektlarni taqqoslash uchun, butun taqqoslashni borishini belgilab beradigan ma'lum bir boshlang'ich vaziyat va maqsadga ega bo'lish lozim. Hodisa voqealarni, predmetlarni guruhlarga bo'lish ya'ni klassifikatsiya qilish, sistemlashtirish va boshqa fikrlash operatsiyalari taqqoslashga asoslangan bo'ladi. Taqqoslashdan mustaqil tadqiqot metodi sifatida ham foydalanish mumkin. U ob'ektlarni u yoki bu munosabatda baholash, ularda ro'y beradigan o'zgarishlarni aniqlash vositasi bo'lib hisoblanadi. Taqqoslash tafakkurning barcha analitik - sintetik faoliyatining zarur operatsiyasidir. Taqqoslashsiz ob'ektlarning muhim tomonlarini ajratib olish, umumlashtirish, ularni ma'lum bir belgisiga ko'ra sintez qilib bo'lmaydi. Taqqoslashning o'zini esa - analiz va sintez, mavhumlashtirish va umumlashtirishsiz amalga oshirish mumkin emas. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling