O'zbekiston respublikasi profi universitety


tafakkurning individual tipologik xususiyatlari, ijodiy, nostandart vazifalarni


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

tafakkurning individual tipologik xususiyatlari, ijodiy, nostandart vazifalarni 
yechish jarayoni sifatidagi tafakkur kabilar farqlanadi. 
Tafakkur (fikrlash) faoliyati - qandaydir bir muammoni yechishga 
qaratilgan (yo'naltirilgan) fikrlash xatti-harakatlari tizimidir. Alohida fikrlash 
xatti-harakatlari, umumiy muammoning tarkibiy qismi bo'lgan oraliq vazifalarni 
yechish bilan bog'langan. 


144 
Tafakkur xatti-harakatlari - real olamdagi ob'ektlarning bevosita 
berilmagan, ko'rinmaydigan, yashirin xususiyatlari va munosabatlarini aniqlashga 
qaratilgan tafakkur (fikrlash) operatsiyalarining majmuidir. 
Tafakkur operatsiyalariga taqqoslash, umumlashtirish, mavhumlash-
tirish, klassifikatsiyalash va konkretlashtirishlar kiradi. Tafakkurning barcha 
operatsiyalari analiz va sintez bilan bog'liq. Analiz va sintez - butun bilish 
jarayonining ikki ajralmas tomonidir. 
Tafakkur (fikrlash) xatti-harakatlarining mahsuli - aniqlangan bilish 
natijalari tafakkurning uch shakli (formasi)da namoyon bo'ladi. 
Tafakkur shakllari: 1) tushuncha, 2) hukm, 3) xulosalardir. Tafak-
kurning bu uch shakli o'rtasidagi o'zaro munosabatlar qonuniyatlarini mantiq 
(logika) fani o'rganadi. Tafakkur shakllari qonuniyatlarini o'rganar ekan, logika 
fikrlarning shu shakllarda mujassam bo'lgan muayyan (konkret) mazmunidan 
chalg'ib 
boshqa 
ishonchli 
manbalar, 
bilimlardan 
olinadigan 
bilimlarni 
haqqoniyligining umumiy qonunlari va tamoyillariga erishishni aniqlaydi. 
Psixologiya esa, yangi bilish natijalariga olib keluvchi, yangi bilimlarni ochuvchi 
ijodiy tafakkur qonuniyatlarini o'rganadi. 
Mazmunining ustunligiga ko'ra tafakkur: 1) amaliy, 2) badiiy, 3) ilmiy 
tafakkurlarga bo'linadi. 
Xatti-harakat amaliy tafakkurning tuzilish birligi bo'lib hisoblanadi, uning 
kommunikativ birligi - esa - signaldir. 
Obraz - badiiy tafakkurning tuzilish birligi, simvol - esa kommunikativ 
birligi bo'lib hisoblanadi. Tushuncha va belgi mos ravishda ilmiy tafakkurning 
birligidir. 
Tafakkur (fikrlash) faoliyati turli operatsion amallar tadbirlar vositasida 
amalga oshirilishi mumkin. Bular: algoritmik tafakkur, evristik tafakkur va 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling