Umumlashtirish. Yuqorida ko'rib o'tganimiz, tafakkurning umumlash-
ganligi, tafakkurning muhim umumiy xususiyatidir. Shu o'rinda umumlashtirishni
markaziy fikrlash operatsiyasi deb aytish mumkin. Umumlashtirish ikki darajada
amalga oshishi mumkin. Umumlashtirishning elementar darajasi - tashqi belgilarga
ko'ra o'xshash predmetlarni birlashtirish - generalizatsiya deyiladi. Lekin to'la
bilish qimmatiga umumlashtirishning ikkinchi, yanada yuqoriroq darajasi ega
bo'ladi, unda predmetlar va hodisalar guruhidan muhim umumiy belgilar ajratib
olinadi.
Odam tafakkuri faktdan umumlashtirishga va umumlashtirishdan faktga
tomon harakatlanadi. Umumlashtirish tufayli odam kelajakni oldindan ko'ra biladi,
konkret
narsalarga
oriyentatsiya
qiladi.
Umumlashtirish
tasavvurlarning
shakllanishidayoq yuzaga kela boshlaydi, lekin to'la shaklga u tushunchalar orqali
erishadi. Tushunchalarga ega bo'lishda biz ob'ektlarning barcha tasodifiy belgilari
va xususiyatlaridan chalg'iymiz va mazkur guruh uchun muhim bo'lgan
xususiyatlarni farqlab olamiz.
Umumlashtirish - hodisalarning mohiyatini ochib beradigan asosiy fikrlash
operatsiyasidir. Umumlashtirish tufayli voqelik barcha tasodiflardan holi, sof holda
aks ettiriladi. To'g'ri umumlashtirish hodisalarning tushunishga olib keladi, u
bizning bilimlarimizni chegaralangan hissiy konkretlikdan qutqaradi va ulardan
yangi vaziyatlarda foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Umumlashtirish muhim jihatlarni boshqa barcha tasodifiy, ikkinchi darajali
jihatlarga qarshi qo'yish, taqqoslashga asoslanadi. Umumlashtirish faqat
abstraktsiyalash, muhimlarini ajratib olish (mavhumlashtirish) tufayligina amalga
oshishi mumkin.
148
Abstraktsiya
1
- ob'ektlarni qismlarga bo'lish va undan qandaydir
Do'stlaringiz bilan baham: |