O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
Juz'iy taxmin - bu o'rganilayotgan hodisaning alohida holatlari haqidagi
taxminlar, fikrlardir. Ishchi taxmin - bu jinoiy javobgarlik ahamiyatiga ega bo'lmagan, ayrim yordamchi vaziyatlar, sharoitlar haqidagi taxminlardir (masalan, qurol markasi haqidagi, ma'lum bir shaxs yoki hujjatning joylashgan joyi, qayerda ekanligi va shular kabilar haqidagi taxmin, gumonlar). Muammoligi darajasiga ko'ra qidiruv taxminlari - qidiruv va tekshiruv, ularning qidiruv jarayonidagi o'rniga ko'ra esa - dastlabki va yakuniy turlariga farqlanishi mumkin. Taxminni ilgari surish - narsalar va hodisalar o'rtasidagi aloqalar va ob'ektiv o'zaro munosabatlar haqidagi bilimlarni qo'llashga asoslangan fikrlash faoliyati jarayonidir. Masalan, magazin yerto'lasining buzilishida yangi izlarning bo'lmasligi tergovchini shunga yarasha mulohaza yuritishiga olib keladi. Sinil kislotasi (tsianid kislotasi - zahar)ning tez ta'sir qiluvchilik xususiyati haqidagi bilimlarga ega bo'lish, agar murda vannada yotsa-yu va sinil kislota boshqa xonada bo'lsa, bu holat tergovchiga o'z joniga qasd qilish “hodisasi” sun'iy ravishda tashkil qilinganligi haqidagi xulosaga kelishiga imkon beradi. Qidiruv taxmini jinoyat sabablari va sharoitlarining ehtimoliy modeli bo'lib hisoblanadi. Modelь - bu fikran tasavvur qilingan yoki moddiy ro'yobga chiqarilgan tizimdir. Unda tadqiqot ob'ekti shunday tarzda aks ettiriladi, gavdalantiriladiki, bu tasavvur orqali ob'ekt haqida ma'lumot olish imkoniyati tug'iladi. Qidiruv taxminining bilishlik roli: 1) modellashtirilayotgan hodisaning sxemalashuvidan; 2) faktlarni ma'lum bir yo'nalishda sistemalashtirishdan; 3) yetishmayotgan ma'lumotlarni qidirish yo'nalishini aniqlashdan iborat bo'ladi. Vazifalarni yechishning uchinchi bosqichi - gipotezalarni tekshirib ko'rish. Gipotezalarni tekshirish amaliy xatti-harakat va xulosa chiqarish yo'li bilan amalga oshiriladi. Qidiruv ishlarini bajarishda qidiruv xatti-harakatlari bilan bir qatorda yordamchi usul sifatida fikrlash eksperimenti (u yoki bu xatti - harakatlarni ular olib kelishi mumkin bo'lgan natijalarni aniqlash uchun miyada, fikran amalga oshirish) qo'llaniladi. Fikrlash eksperimentini vazifaning muhim jihatlarini aks ettiruvchi ko'rgazmalilik bilan birga olib borish ko'p holatlarda foydalidir. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling