O'zbekiston respublikasi profi universitety


Taxminlarni tekshirib chiqishdan asosiy maqsad - mazkur taxmindan


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Taxminlarni tekshirib chiqishdan asosiy maqsad - mazkur taxmindan 
kelib chiqadigan oqibatning bor yoki yo'q ekanligini aniqlashdir. 
Vazifani yechish jarayoni - bu bilish maqsadiga erishish uchun 
yetishmayotgan ma'lumotlarni olish jarayonidir. Qidiruv vazifasini yechishda 
yetishmayotgan ma'lumotlar turli qidiruv xatti-harakatlari: so'roq, qidiruv 
eksperimenti, tintuv va boshqalarni amalga oshirish yo'li bilan yig'iladi va 
tekshiriladi. 


156 
Tergovchi xulosalarining ishonchliligi qidiruv xatti-harakatlari davomida 
olingan faktlarning ishonchliligiga, ular ko'rib chiqayotgan bilimlarning 
haqiqiyligiga (xulosa chiqarish dalillarining ishonchliligiga), bu dalillar bilan olib 
boriladigan mantiqiy xatti-harakatlarning to'g'riligi, mantiqiy qoidalar va 
qonunlarga (aynan o'xshashlik, ayniyat qonuniga qarama-qarshi emaslik
uchinchisining inkor etilganligi, asosning yetarliligiga) amal qilinganlikka bog'liq. 
Vazifalarni yechishning to'rtinchi, yakuniy bosqichida olingan natijalarni 
dastlabki shartlar bilan solishtirish amalga oshiriladi. Ularning mos kelishi yetarli 
informatsion-mantiqiy modellarning yuzaga kelganligini, mos kelmasligi esa 
yangi gipoteza, yangi bilish vazifalarini ilgari surish lozimligini bildiradi. Biroq 
isbotlanmagan gipotezadan voz kechish faktining o'zi, qilingan ishning foydasiz 
ekanligini bildirmaydi. Gipotezani inkor etish (uning isbotlanmaganligi 
qidirishning mumkin bo'lgan doirasini qisqartiradi va haqiqatni bilish tomonga 
qo'yilgan qadam bo'lib xizmat qiladi. 
Qidiruv intuitsiyasi. Ayrim holatlarda tajribali xodimlar berilgan 
topshiriqlarni juda tez bajaradilar. Ular vazifani yechishning ayrim bosqichlarini 
qoldirib ketadilar, ularda tafakkur jarayoni qisqartirilgan, ixchamlashtirilgan 
xarakterga ega bo'ladi. Dastlabki ma'lumotlar yetarli bo'lmagan holatlarda ham 
vazifani tez, anglanmagan holda yechishda - qidiruv intuitsiyasi muhim o'rin 
egallaydi. Biroq, qidiruv intuitsiyasi tushuntirib bo'lmaydigan ravshan fikr, tabiat 
in'omi emas. U xodimda dominant qo'zg'alish o'chog'ining yuzaga kelishi mahsuli 
hisoblanadi. Bu dominantlik o'chog'ida bilim, tajriba va alohida faktlar birlashadi. 
Ko'pincha bir qaraganda ahmiyatsizdek tuyilgan fakt, vazifani yechimini zudlik 
bilan topishga olib keladi. Aslida esa vazifani yechishdagi tezkorlik ko'p yillik 
tajriba, chuqur bilimlar, avtomatlashgan darajagacha yetkazilgan bilish xatti-
harakatlarining ishlab chiqarilganligi hisobiga tayyorlanadi. 
Lekin har qanday intuitiv taxmin ehtimollik xarakteriga ega, tergov 
faoliyatida ular batafsil tekshirib borilishi lozim. Intuitsiya faqat isbotlovchi 
jarayon yo'nalishini tanlab olishdagina foydalaniladi. Buning uchun har bir 
muayyan vaziyatni ma'lum bir toifadagi, klassdagi vaziyat sifatida (tegishli 
bilimlar asosida) aniqlab, anglab olish lozim. 
Barcha tafakkur jarayonlari vaziyatli ma'lumotni individ xotirasida 
saqlanayotgan, umumlashtirilgan ma'lumotlarga nisbati zaminiga asoslanadi. 
Bosh miya qobig'ini barcha tuzilmalarining sistemali ishi tafakkurning 
neyrofiziologik asosi bo'lib hisoblanadi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling