O'zbekiston respublikasi profi universitety


odamlar o'rtasida taqsimlangan funktsiya, keyinchalik alohida olingan indivi-


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

odamlar o'rtasida taqsimlangan funktsiya, keyinchalik alohida olingan indivi-
diumning ixtiyoriy xulqini tashkil qilgan boshqarish usuliga aylanadi.
Irodaviy xatti-harakatlarni nutq orqali boshqarish autogen (odamning 
o'zidan kelib chiqadigan) omil hisoblanadi. Irodaviy boshqarish doimo faoliyatning 
tashqi shartlari bilan asoslanadi. I.M.Sechenov ta'kidlaganidek, “insonni har 
qanday faoliyatining dastlabki sababi undan tashqarida yotadi”. 
Odam faoliyati, agar u tabiat qonunlarini hisobga olmagan holda 
amalga oshgudek bo'lsa – bema'nilik, agar jamiyat qonunlariga mos kelmasa 
- jinoyat bo'ladi. 
Iroda erkinligi illyuziyasi qaror qabul qilishda erkinlikdek tuyiladigan 
erkinlik bilan yuzaga kelgan. Haqiqatan ham, odam biron bir qarorga kelar ekan, u 
qator imkoniyatlardan o'z qarashlariga, o'z nuqtai nazariga mos keladigan bittasini 
o'zi tanlaydi. Biroq ayni shu imkoniyatni tanlab olishi qator omillar: faoliyatning 
ob'ektiv shartlari, shaxsning ehtiyojlari va hayotiy maqsadlari tizimi, ijtimoiy 
talablar va sh.k.lar bilan ob'ektiv shartlangan (determinlashgan) bo'ladi. Bu 
sharoitni hisobga olmagan holda amalga oshirilgan xatti-harakatlar impulьsiv, 
anglanmagan, iroda orqali nazorat qilinmaydigan bo'ladi (masalan, patologik affekt 
holatidagi xatti-harakatlar). Iroda faoliyatini ob'ektiv sharoitlarga bo'ysundirish, 
maqsadga erishish yo'lida yuzaga keladigan ichki va tashqi to'siqlarni, 
qiyinchiliklarni yengib o'tish jarayoni hisoblanadi. 
Yengib o'tilayotgan qiyinchiliklarning xarakteridan kelib chiqqan holda
irodaviy jarayonning jadalligi haqida, irodaviy zo'r berish, iroda kuchi haqida 
gapirish mumkin. Irodaviy xatti-harakatlar bevosita ta'sir etuvchilar bilan ziddiyat 
yuzaga kelgan sharoitlarda amalga oshiriladi. Odam emotsional-ijobiy ta'sir 
etuvchilardan voz kechish va emotsional salbiy to'siqlarni yengib o'tish 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling