Irodaviy xatti-harakat bosqichlarining qisqacha tavsifi
Ehtiyojlarni qondirilishining mumkin bo'lgan imkoniyatlarini anglash,
motivlar kurashi (ilk xal qilish bosqichi). Ehtiyojni qondirish imkoniyatlari turli
xildir. Bu imkoniyatlardan bittasini tanlab olish - xatti-harakat maqsadining
shakllanish jarayoni hisoblanadi.
Murakkab irodaviy xatti-harakatlarda bunday tanlash, ko'pincha bir - biriga
qarama-qarshi bo'lgan istaklarning to'qnashuvi - motivlar kurashi bilan kuzatiladi.
Motivlar kurashi qisqa muddatli yoki ko'p asabiy zo'riqish talab qiladigan (gohida
juda iztirobli), juda uzoq davom etadigan bo'lishi mumkin. Motivlar kurashi turli
istaklarning kurashidir.
Istak faoliyat maqsadiga aylanishidan oldin, odam barcha jihatlarni baholab,
uni asoslab chiqadi, barcha “tarafdor” va “qarshilar”ni o'lchaydi. Motivlar kurashi,
ayniqsa shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatli istaklar o'rtasida, hissiyot dalillari va aql
o'rtasida kuchli kechadi. Agar juda mas'uliyatli qaror qabul qilish lozim bo'lsa, bu
zo'riqish yana ham ortadi.
Motivlar kurashi tergov faoliyatida, guvohlar faoliyatida juda tez kuzatilib
turiladigan hodisadir. Masalan, maxsus rejimdagi ob'ektlardan birida ishlaydigan
agent K. o'z xizmatdoshi, do'sti S.ning chet el fuqarosi bilan shubhali uchrashuvini
sezib qoldi. Nima qilish kerak? Bu haqda tezkor xodimga xabar bersinmi yoki
yo'qmi? Bir tomondan o'z do'stiga ko'ngilsizlik tug'dirishni xohlamaydi (bu bitta
motiv), ikkinchi tomondan uning maxfiy yordamchi sifatidagi burchi bu haqda
ma'lumot berishni talab qiladi, chunki bunday ma'lumot huquq tartibot organlari
uchun qiziqish uyg'otishi mumkin (bu ikkinchi motiv).
Xohish, istaklar ularning darajasiga ko'ra, ya'ni ularning ijtimoiy
ahamiyatliligi va emotsional kuchiga ko'ra farqlanadi. Agar bir xil darajadagi
ikki istakdan biri bir oz kuchliroq bo'lsa, unda motivlar kurashi yuzaga
kelmaydi. Shubhalanish va ikkilanishlar turli darajadagi qator istaklar orasidan
bitta variantni tanlab olishda yuzaga keladi. Bu o'rinda odamning irodaviy zo'r
berishi, uning uzoqroq, lekin ahamiyatliroq maqsadga erishish yo'lida yuzaga
keladigan kechinmalarini (hissiyotlarini) yengib o'tishda o'z printsiplari, hayotiy
pozitsiyalarini boshqara olishida namoyon bo'ladi.
Odam qarama-qarshi xohishlarni baholar ekan, ularni mavjud sharoitlarga
solishtiradi, agar u yoki bu istak maqsadga aylangudek bo'lsa, o'z oldiga
qo'yadigan vazifalarni anglaydi.
176
Do'stlaringiz bilan baham: |