O'zbekiston respublikasi profi universitety
Xohish - odamning ehtiyojlari ularni qondirilishini ta'minlovchi
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
Xohish - odamning ehtiyojlari ularni qondirilishini ta'minlovchi
muayyan predmetlarga qaratilgan (mos keladigan) motivatsion holatdir. Agar, ayni vaqtda ehtiyojning qondirilishi mumkin bo'lmaydigan bo'lsa, unda bunday vaziyat (ehtiyojning qondirilishi vaziyati) yaratilishi mumkin. Bu o'rinda ongning bunday xohlangan vaziyatni yaratishga yo'naltirilishi intilish deb ataladi. Xatti-harakatning zarur vositalari va usullarini aniq tasavvur qilish bilan ifodalanuvchi intilish esa istak deyiladi. 97 Intilishning yana bir turi ishtiyoq deyiladi. Ishtiyoq ma'lum bir ob'ektga qat'iy emotsional intilishdir, bunda shu intilish ehtiyoji boshqa barcha ehtiyojlardan ustunlik qiladi va odamning barcha faoliyatiga o'ziga xos yo'nalish beradi. Ishtiyoq holati keskin va jo'shqin kechiniladi. Biroq ishtiyoq impulьsiv xatti-harakatlardan farqli ravishda iroda bilan boshqariladi. U oldindan anglangan, ko'zlangan maqsadga erishishga qaratilgan bo'ladi. Ishtiyoq odam nimaga intilayotganligi, uning qanday ijtimoiy qadriyatlarga ega ekanligiga qarab ijobiy yoki salbiy bo'lishi mumkin. Ko'pchilik salbiy ishtiyoqlar (tamagirlik, qimor (azart) o'yinlarga va sh.k.larga ishqibozlik) shaxsning me'yordan chiqishiga, buzilishiga olib kelishi va ko'pincha jinoiy xulqning yuzaga kelishiga asos bo'lishi mumkin. Ijobiy ishtiyoqlar (masalan, san'atga, ilmga, mehnat faoliyatining ayrim turlariga va sh.k. bo'lgan ishtiyoq) odam kuch - quvvatini ijtimoiy ahamiyatli maqsadlarga erishishiga jamlashi mumkin. Ishtiyoqlarning mutlaqo bo'lmasligi (agar shunaqasi bo'lishi mumkin bo'lsa), bu odamning butunlay o'tmaslashib qolishiga olib kelishi mumkin va odam shu holatga qanchalik yaqin bo'lsa, u shunchalik hissiyotsiz, ishtiyoqsiz bo'ladi. “Haqiqatan ham, ishtiyoq - bu odamning axloqiy olamini jonlantiruvchi ajoyib olovdir, ilm va san'at o'z kashfiyotlari uchun, qalb esa go'zalligi uchun ishtiyoqlardan qarzdordir” 1 . Biroq, past darajadagi ehtiyojlarni bo'rt-tirish bilan bog'liq bo'lgan quyi (past) ishtiyoqlar (masalan, ta'magirlik, qimor o'yinlarga ishqibozlik, psixotrop moddalar vositasida o'zini-o'zi nobud qilishga patalogik ishtiyoq) shaxsning buzilishiga olib kelishi mumkin. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling