O'zbekiston respublikasi profi universitety


Odamning motivatsion holati, odamning organizm, individ, shaxs


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Odamning motivatsion holati, odamning organizm, individ, shaxs 
sifatidagi hayotiy faoliyati uchun zarur bo'lgan sharoitlarning psixologik aks 
ettirilishi hisoblanadi. Zarur sharoitlarni bunday aks ettirish qiziqishlar, xohish, 
istak, intilish va ishtiyoqlar ko'rinishida amalga oshadi. 
Qiziqish (lot. “interest” - ahamiyatga ega bo'lish) - predmetlar va 
hodisalarga ularning ahamiyati va ahamiyatli vaziyatlarni emotsional 
kechinish natijasida tanlovli (tanlab) munosabatda bo'lishdir.
Qiziqishlar shaxsning ustunlik qiluvchi yo'nalganligi bilan belgilanadi. 
Shaxsning qiziqishlari uning ma'lum bir ijtimoiy guruhga taalluqliligi bilan 
shartlanadi. Odamning qiziqishlari uning ehtiyojlari tizimi bilan belgilanadi, lekin 
qiziqishlarning ehtiyoj bilan aloqasi to'g'ridan-to'g'ri emas, gohida u anglanmaydi 
ham. 
Qiziqish, boshqa barcha psixik holatlar kabi, psixik jarayonlarning 
kechishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi, ularni faollashtiradi. Qiziqishlar ham ehtiyojlar 
kabi, mazmuniga ko'ra (moddiy va ma'naviy), kengligiga ko'ra (cheklangan va 
har tomonlama) va turg'unligiga ko'ra (qisqa muddatli va turg'un, doimiy) 
turlarga bo'linadi. Shuningdek, bevosita va bavosita qiziqishlar ham farqlanadi 
(masalan, tergovchining biron bir ashyoviy dalilga nisbatan bo'lgan qiziqishi 
bavosita qiziqish bo'ladi, ayni vaqtda jinoyatni butun borligicha ochishga nisbatan 
bo'lgan qiziqishi uning bevosita qiziqishi bo'lib hisoblanadi). Qiziqishlar yana 
ijobiy va salbiy bo'lishi ham mumkin. Ular nafaqat shaxsni faoliyatga undaydi, 
balki ularning o'zi ham shu faoliyatda shakllanishi mumkin. 
Odam qiziqishlarining kengligi va chuqurligi uni hayotining to'laqonliligi 
bilan belgilanadi. Qiziqishlar doirasining torligi, ularni moddiy ehtiyojlar bilangina 
shartlanganligi, to'la qonli qat'iy qiziqishlarning bo'lmasligi, ko'pincha jinoiy 
xulqning kelib chiqishiga asos bo'lishi mumkin. Shaxsning xarakteristikasi mazkur 
odamning qiziqishlari doirasini aniqlashni ham o'z ichiga oladi. 
Odamning qiziqishlari bilan uning xohishi yaqin bog'liqlikka ega. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling