O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- TABIIY MADANIY QONDIRILISHI SHART BIRLAMCHI
14 - rasm. Ehtiyoj turlari Odamning barcha ehtiyojlari mutlaq qondirilishi mumkin emas. Chunki har bir qondirilgan ehtiyoj (unutilib yuboriladi va) navbatdagi ehtiyojning yuzaga kelishiga asos bo'ladi va oxir oqibatda insonning rivojlanishi, o'sishi uchun ichki manba, uni rivojlanishga undovchi kuch bo'lib xizmat qiladi. Ehtiyojlarning qondirilmay qolishi, ya'ni so'ndirilgan ehtiyojlar esa, odam ruhiyatida buzilishlar, norozilik, e'tirozlarning yuzaga keltirishi bilan birga, norozilik, e'tiroz sifatida ong ostiga kirib ketadi, va keyinchalik shaxsning voqelikdagi u yoki bu narsa, hodisaga, atrofidagilarga nisbatan munosabatining namoyon bo'lishida o'z ta'sirini (bu ta'sir aksariyat hollarda salbiy bo'lishi mumkin) ko'rsatib turadi. Umuman inson ehtiyojlari ijtimoiy shartlangandir. Bu ehtiyojlar qanday ijtimoiy talablar doirasi bilan bog'langanligiga qarab ularning turli darajalari farqlanadi. Odam ehtiyojlari iyerarxiyalashgan, ya'ni bir-biriga ma'lum darajada bo'ysungan holda tuziladi. Individual ehtiyojlar iyerarxiyasi shaxsning asosiy farqli TABIIY MADANIY QONDIRILISHI SHART BIRLAMCHI MODDIY MODDIY- MA’NAVIY MA’NAVIY IKKILAMCHI QONDIRILADI YOKI SO’NDIRILADI PREDMETIGA KO’RA KELIB CHIQISHGA KO’RA 93 xususiyati - uning yo'nalganligini tashkil qiladi. Shaxsning individual ehtiyojlarining turli-tuman bo'lishligiga qaramay shaxsiy ehtiyojlarning asosiy sxemasini farqlash mumkin (14-rasm). Ehtiyojning barcha darajalari bir-birlari bilan o'zaro bog'liq. Odam xulqining boshqarilishi bir vaqtning o'zida barcha darajalarda o'zaro munsabatda bo'ladi - bu darajalarning o'zaro munosabatlari bilan bog'liq bo'lgan, “boshdan-oyoq (skvoznoy) boshqarish” amalga oshadi. Ehtiyojlardan birining deprivatsiyasi shaxsiy xulqning yaxlitligicha buzilishiga olib keladi. Masalan, xavfsizlik, himoyalanish ehtiyojining qondirilmasligi shaxsning xavotirlanish darajasining oshishiga, o'zini-o'zi namoyon qilishdagi imkoniyatlarining boy berilishiga; fiziologik ehtiyojlarini qondirilishidagi qiyinchiliklar esa, bilish ehtiyojlarining pasayishiga olib keladi va sh.k. Shaxsning rivojlanishi bilan shaxsiy ehtiyojlar iyerarxiyasi (15-rasm) ham o'z turlarini o'zgartirib boradi. Uning oliy darajalari faqat individ psixologik yetuklikka erishish fursatiga kelib “etiladi”. Keyinchalik shakllanadigan ehtiyojlarning oliy darajasi, ayniqsa o'zini-o'zi namoyon etish, o'zini-o'zi takomillashtirish ehtiyojlari, ehtiyojlar tizimida shu tizimni tashkil qiluvchi rolni o'ynay boshlaydi. Uni ayrim darajalarining avtonomlashishi - shaxs ehtiyojlarining qisqarishiga, qator holatlarda esa, ularni ro'yobga chiqarishning asotsial usullarining yuzaga kelishiga olib keladi. Ijtimoiylashgan shaxsda o'zini-o'zi baholash, o'zini-o'zi, o'z mohiyatini tushunishga ehtiyoj mavjud. Bu uning atrof muhitga moslashishi uchun katta ahamiyatga ega bo'ladi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling