90
1.
Shaxsning ijtimoiy ahamiyatli munosabatlari - ularning ijtimoiy
qadrlilik darajasi, uni
kundalik xulqining axloqiyligi, shaxs xulqining progressiv
ijtimoiy g'oyalarga munosib kelishi (mutanosibligi), shaxsning g'oyaviyligi.
2.
Shaxsning maqsadga intiluvchanligi - shaxs
ehtiyojlarini xilma-xilligi,
uni qiziqishlarining kengligi va markaziy o'zak qiziqishlarini belgilanganligi.
3.
Munosabatlarning turg'unlik darajasi - shaxsning printsipialligi va
izchilligi, shaxsning yaxlitligi.
Qadriyatli yo'nalganlik shaxsning butun hayotiy faoliyatini belgilab beradi.
Qadriyat - bu odam uchun ma'lum bir hodisalarning ahamiyatliligidir. Odam
hayotining
bosh maqsadi ham, uni tashkil qilish tamoyillari (vijdonlilik, qadr-
qimmat, shaxsiyat va sh.k.) ham, uning uchun qadriyat bo'lishi mumkin.
Qadriyatlar murakkab hayotiy muammolarni yechish variantlari diapozonini
belgilab beradi.
Shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasi - bu avvalo uni ma'lum bir ijtimoiy
jamoalar qadriyatlari tizimiga kirishishidir.
Bu qadriyatlar orasida bazaviy
qadriyatlar, ya'ni mazkur guruh kishilari uchun fundamental bo'lgan va
oliy
qadriyatlar bo'lishi mumkin. Oliy qadriyatlarga shaxs erkinligi, xalq erkinligi,
yaqin odamlar hayoti, shan va sharaf kabilar kiradi. Bunday qadriyatlar ko'pchilik
odamlar uchun, o'zining shaxsiy hayotidan ham muhimroq bo'ladi.
Biroq, odamlar gohida ob'ektiv ahamiyatli
qadriyatlarni yetarlicha
baholamaydilar, hatto, aksincha, konьyuktur (vaqtinchalik ahvol), obro'li, rasm
(moda) bo'lgan qadriyatlarga yuqori ahamiyat berib yuboradilar. Shuningdek,
Do'stlaringiz bilan baham: