O'zbekiston respublikasi profi universitety
Temperament psixik o'zini-o'zi boshqarishning tug'ma-tarkibiy va
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
Temperament psixik o'zini-o'zi boshqarishning tug'ma-tarkibiy va
mutanosib tipidir. Temperamentning yuqorida keltirib o'tilgan to'rtta tipi odatda “sof ko'rinishda” bo'lmaydi. Odamlar odatda aralash temperamentga ega bo'ladilar, lekin ulardan bittasi bir oz ustunlik qiladi. Aynan shu “ustunlik” ongsizlik, favqulotda holatlarda, shaxs “avtopilot” holatida bo'lganida ko'proq kuzatiladi. Temperamentlarni nazariy jihatdan to'rt turga bo'lar ekanmiz, tempe- ramentning individual tipi va shunga mos keladigan oliy nerv faoliyati xususiyatlari majmuini ham farqlash lozim bo'ladi. Chunki, oliy nerv faoliyatining kuchsiz tipi doirasida muvozanatliligi va harakatchanligiga ko'ra bir necha hil nerv jarayonlari farqlanadi. Turli hayotiy sharoit orqali yuzaga kelgan psixik holatlar, odamning temperamenti tipiga sezilarli darajada bog'liq bo'ladi. Biroq, uning xulq madaniyati, o'zini tutishi, uning temperamenti emas, balki tarbiyalanganligiga bog'liq bo'ladi. Odam u yoki bu hodisa, hayotiy vazifa, atrofidagi odamlarga qanday munosabatda bo'lishiga bog'liq ravishda o'zining tegishli quvvatini safarbar qiladi, uzoq davom etishi mumkin bo'lgan zo'riqishlarga tayyor bo'ladi, o'z xulqi, munosabati (reaktsiyasi), ish jadalligini o'zgartirishga o'zini majbur qila oladi. Tarbiyalangan va yetarlicha irodali xolerik o'zini vazmin tuta oladigan diqqat-e'tiborini boshqa ob'ektga ko'chira oladigan bo'ladi. Odamlar, o'zlarining “zaif” tomonlarini psixik kompensatsiya tizimi bilan almashtirib, aynan bir xil muvafaqqiyatga turli usullar bilan erishishlari mumkin. Hayotiy sharoitlar ta'siri ostida, xolerikda - sustlik, lanjlik, tashabbuskorlik, melanxolikda esa – qat'iylik, dadillik kabi sifatlar shakllanishi mumkin. Odamning hayotiy tajribasi va tarbiyalanganligi unda temperamentning namoyon bo'lishini niqoblashi mumkin. Lekin, noodatiy, o'ta kuchli ta'sirlar bo'lganda, xavfli vaziyatlarda oldin shakllangan tormozlovchi reaktsiyalar zaiflashishi mumkin. 88 Xoleriklar va melanxoliklar nerv psixik buzilishlarga (portlab ketishga) ko'proq moyil bo'ladi. Chet el psixologiyasi va kriminologiyasida odam xulqini uning tana tuzilishi bilan bog'lashga urinishlar bo'lgan. Masalan, Ch.Lombrozo jinoyatchilikni odam bosh suyagi, yuzi va gavdasining tuzilishi bilan bog'lashga uringan. Nemis psixiatri E.Krechmer ham shaxs psixologiyasi bilan odam tanasi tuzilishi o'rtasidagi bog'liqlikni aniqlamoqchi bo'lgan. Odam qobiliyati va uning xarakterini Krechmer gavdaning to'liqligi, muskullarning rivojlanganligi va sh.k.lar bilan bog'lab izohlagan. Psixologiyada temperament xususiyatlarini odamning hayoti davomida o'zgarishi mumkinligi haqidagi qarashlar ham mavjud. Lekin aksariyat olimlar temperamentni odamning biologik asoslangan (tug'ma) xususiyati ekanligi va u o'zgarmasligini ta'kidlaydilar. Bu fikrga biz ham to'la qo'shilgan holda, Hadislardan misol keltirib o'tishni lozim topdik. Unda yozilishicha “Ko'hiqofni mag'ribdan mashriqqa o'tib qolibdi - desang ishonaman, lekin falonchining mizoji o'zgaribdi - desang ishonmayman”-deyilgan. Odamning turmush tarzi va faoliyatiga bog'liq holda temperamentning ayrim xususiyatlari kuchayishi yoki susayishi mumkin. Temperamentni, u tabiiy asoslangan bo'lishligiga qaramay, shaxs xususiyatlari qatoriga qo'shish mumkin, chunki unda shaxsning tabiiy va ijtimoiy o'zlashtirilgan sifatlari mujassamdir. Chet el psixologlari, aksariyat hollarda temperament xususiyatlarini ikki guruhga: ekstraversiya va introversiyaga bo'ladilar. Shveytsar psixologi K.G.Yung tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan bu tushunchalar, individlarning ustivor yo'nalganligini bildiradi. Ekstravert – individning tashqi va introvert - ichki olamiga yo'nalganligidir (lot. extra – tashqariga, intro - ichkariga va verto - burilish). Ekstravertlar asosan tashqi olamga yo'nalganligi, ijtimoiy mosla- shuvchanligining yuqoriligi bilan farqlanib turadi. Ular konformroq va suggestivroq 1 bo'ladi . Introvertlar esa, ichki dunyo hodisalariga ko'proq ahamiyat beradi. Ular muloqotga kam kirishadigan, o'zini-o'zi tahlil qilish darajasi yuqori bo'lgan, yangi ijtimoiy muhitga moslashib ketishida qiyinchiliklarga duch keladigan shaxslardir. Ekstra va introversiya muammosi shaxsning omilli nazariyasida (R.Kettel, G.Ayzenk va boshq.) markaziy o'rinni egallaydi. G.Ayzenkning aniqlashicha, introvertlarning bosh miya qobig'i faolligi ancha yuqori darajada bo'ladi. Ekstravertlarda esa, miya faolligidagi bu kamchilik o'rnini qo'shimcha harakatlar, tashqi signallarga e'tiborining yuqoriligi, har qanday monoton vaziyatlarga turli o'zgarishlar kiritishi bilan to'ldiriladi. Introvertlar va ekstravertlar turlicha uslublardagi intellektual faoliyatga egadirlar. Temperament sifatlari orasida rigidlik va plastiklik alohida ta'kidlab o'tiladi. Rigidlik - bu sustlik, konservativlik, psixik faoliyatning - bir turdan boshqasiga o'tishining qiyinchiligi bilan ifodalanadi. 1 Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling