O'zbekiston respublikasi profi universitety
Shaxs xususiyatlari uning funktsional imkoniyatlari dinamik tizimini tashkil
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1) temperament, 2) yonalganlik, 3) qobiliyatlar va 4) xarakter. Bu psixik sifatlar tizimi shaxs tuzilishini
Shaxs xususiyatlari uning funktsional imkoniyatlari dinamik tizimini tashkil
qiladi. Psixik hislatlar ko'p tizimlidir: ular o'zaro aloqalarning turli tizimlarida turlicha namoyon bo'ladi. Shaxs xususiyatlarini - bilish, mehnat faoliyati, muloqot sub'ekti sifatida farqlash mumkin. Psixik hislatlarning majmui shaxsning psixik tuzilishini tashkil qiladi. Hayotiy muammolarni hal etar ekan, odam o'zining psixik imkoniyatlaridan kelib 85 chiqadi, muhit bilan bo'ladigan o'zaro munosabatlarida o'z usullarini qo'llaydi, hayotiy faoliyatining individual uslubini amalga oshiradi. Individning ayrim psixik xususiyatlari, bir-biri bilan tizimli o'zaro munosabatlarda bo'lar ekan, shaxs sifatlarini tashkil qiladi. Shaxsning bu sifatlari an'anaviy ravishda to'rtta guruhga bo'linadi. Bular: 1) temperament, 2) yo'nalganlik, 3) qobiliyatlar va 4) xarakter. Bu psixik sifatlar tizimi shaxs tuzilishini tashkil qiladi. 1 §. Temperament haqida tushuncha Temperament haqida tushuncha. Temperamentning asosiy turlari. Temperament (lot. temperamentum - nisbat, qismlarni aralashuvi, mutanosiblik) - individni, uning psixik faolligi xususiyatlarida, psixik reaktsiyalari jadalligi, tezligi va maromida, hayotiy faoliyatining hissiy tonusida namoyon bo'ladigan psixodinamik xususiyatlari majmuidir. Temperament - individning ma'lum bir xulq tarziga tabiiy shartlangan moyilligidir. Unda individning tashqi ta'sirlarga sezgirligi, xulqining hissiyligi, impulьsivligi yoki vazminligi, muloqotmandligi yoki tortinchoqligi, ijtimoiy moslashuvchanligining osonligi yoki qiyinligi, irodaviy zo'r berishlarga qodirligi namoyon bo'ladi. Odam xulqining psixodinamik xususiyatlari uning oliy nerv faoliyati xususiyatlari bilan shartlanadi. Oldingi bobda to'xtalib o'tilganidek, I.P.Pavlov tomonidan nerv jarayonlarining uchta asosiy xususiyatlari ajratib ko'rsatilgan. Bular: nerv jarayonlarining kuchi, muvozanati va ko'chishi. Ularning turlicha kombina- tsiyasi, temperamentning to'rt tipi asosini belgilab beruvchi, oliy nerv faoliyatining to'rt tipini tashkil qiladi. Hozirgi zamon psixologiyasida qo'llaniladigan temperament tiplarining nomlanishi qadimgi grek vrachi Gippokrat (er. av. 460-397 y.y.) tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. U o'z ishlarida temperament tiplarini odam ogranizmida turli suyuqliklar [qon (sangvios) – sangviniklarda, sariq o't (jeltoy jelchi, xole) - xoleriklarda, zardob (limfa, flegma) - flegmatiklarda va qora o't (melayne - xole - melanxoliklarda]ning qaysi biri ko'pligi bilan bog'laydi. Temperamentlarda ifodalanuvchi nerv faoliyati xususiyatlari majmui, individning qator psixik xususiyatlarini shartlaydi. Bular: 1. Psixik jarayonlar, psixik faollik, muskul-motor ta'sirchanlik. 2. Xulqning aksariyat hollarda tashqi taassurotlarga bo'ysunganligi (ekstraversiya) yoki odamning ichki olami, uning hissiyotlari, tasavvurlariga bo'ysunish (introversiya). 3. Qayishqoqlik, tashqi o'zgaruvchan sharoitlarga moslashuvchanlik, stereotiplarning o'zgaruvchanligi (harakatchanligi), ularning egiluvchan yoki qattiqligi (o'zgarmasligi). 4. Sezgirlik, senzitivlik, ta'sirlanuvchanlik, hissiy ta'sirlanuvchanlik, hissiyot kuchi, ularning turg'unligi. 86 Temperamentning ayrim turlarida yuqorida ko'rib o'tilgan sifatlar turli nisbatda “qorishib” ketishi kuzatiladi. Yuqorida aytib o'tilganidek, temperamentning to'rtta asosiy tipi farqlanadi. Bular: a) sangvinik; b) xolerik; v) flegmatik; g) melanxolik. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling