O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
II BOB
SHAXSNING INDIVIDUAL-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Shaxs psixik xususiyatlarining tuzilishi Shaxs xulqi - bu shaxsning ruhiy boshqaruvchi sifatlarini hayotiy faoliyatning ijtimoiy ahamiyatli sohalarida ro'yobga chiqarilishidir. Odamning xulqiy aktlari o'zaro bog'liq, tizimlidir. Faoliyat, xulq ehtiyojlar asosida yuzaga keladi, ularni amalga oshirish esa motivatsion turtkilar bilan ro'yobga chiqariladi. Ong faoliyat uchun muhim bo'lgan ob'ektlarga qaratiladi - ular bilish ob'ektlari bo'lib xizmat qiladi. Bunda ob'ektlarning ayrim xususiyatlari aks ettiriladi (sezgilarda), narsalar va vaziyatlar yaxlitligicha anglanadi (idrok), hodisalar o'rtasidagi qonuniyatli bog'liqliklar tizimi aniqlanadi (tafakkur), vaziyatlarning rivojlanishi bashorat qilinadi (xayol), oldingi tajribalar inobatga olinadi (xotira). Maqsadga intilish iroda bilan boshqariladi, hodisalarning ayni vaqtdagi ahamiyatliligini hissiy aks etish va ular bilan bog'liq bo'lgan shoshilinch (zudlik bilan bo'ladigan) reaktsiyalar hissiyot mexanizmlari orqali amalga oshiriladi. Inson faoliyatining barcha boshqariluvchi jihatlari farqlanar ekan, ularni individning psixologik boshqariluvchi imkoniyatlari majmui sifatida qarash kerak. Shaxs yaxlit psixologik tuzilmadir, uning ayrim elementlari qonuniyatli o'zaro bog'liqlikda bo'ladi. Ya'ni individning tabiiy imkoniyatlari (uning oliy nerv faoliyati tiplari) uni temperamentining, umumiy psixodinamik xususiyatlarining qonuniyatli jihatlarini belgilab beradi. Bu xususiyatlar individning boshqa psixik imkoniyatlarining namoyon bo'lishi uchun umumiy psixologik fon bo'lib xizmat qiladi. Psixik imkoniyatlar o'z navbatida shaxsning yo'nalganligi, uning xarakteri, xulqining umummoslashgan usullari bilan uzviy bog'liqdir. Psixik hodisalar (psixik jarayonlar, psixik holatlar, shaxsning psixik xususiyatlari)ning umumiy xarakteristikasi haqida gapirilganda, biz ularni mavhumlashtiramiz, bu hodisalarni sun'iy farqlaymiz (differentsiatsiya qilamiz), ularni bir-biridan ajratamiz. Shaxsning psixik xususiyatlari tuzilishi haqida gapirganimizda, biz psixik hodisalarni integratsiyalaymiz, ularni shaxsda birlashtiramiz. Temperament, xarakter, shaxsning qadriyatli yo'nalganligi - bularning barchasi individning boshqariluvchi imkoniyatlari majmuining ifodalanishidir. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling