O'zbekiston respublikasi profi universitety


Ehtiyoj - biologik mavjudod, individ, shaxs sifatidagi odam uchun


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Ehtiyoj - biologik mavjudod, individ, shaxs sifatidagi odam uchun 
optimal bo'lgan, muvozanatdan og'ishni bartaraf etish zaruratidir. Boshqacha 
qilib aytganda, ehtiyoj - organizmning, mavjud muvozanatni buzilganligini his 
qilishidir. Ehtiyojlar o'z navbatida odam faoliyati, faolligining asosiy manbalari 
hisoblanadi. 
Ehtiyoj turlari 
Ehtiyoj mazkur odam psixikasining yo'nalganligini, uni voqelikning ma'lum 
bir tomoniga nisbatan ko'tarinki qo'zg'oluvchanligini belgilab beradi. Ehtiyojlar 
kelib chiqishi va predmetiga ko'ra farqlanadi (14-rasm). O'z navbatida 
ehtiyojlar kelib chiqishiga ko'ra tabiiy va madaniy ehtiyojlarga farqlanadi. Tabiiy 
ehtiyojlar: uyqu, oziq-ovqat, issiq - sovuq, nasl qoldirishga va sh.k.lar. Madaniy 
ehtiyojlar, insoniyatning ijtimoiy, madaniy taraqqiyoti mahsuli bo'lmish madaniy 
predmetlarga bo'lgan ehtiyojlardir. Bular: uy-joy, kiyim-kechak, idish-tovoqlar, 
mebel, televizor, mashina va hokazo madaniy-maishiy buyumlarga bo'lgan 
ehtiyojlar. 
Predmetiga ko'ra ehtiyojlar: moddiy, moddiy-ma'naviy va ma'naviy 
ehtiyojlarga farqlanadi. Moddiy ehtiyojlar: moddiy ne'matlar, uy-ho'jalik 
anjomlari, maishiy buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va shu kabi 
buyumlarga bo'lgan ehtiyojlardir. Moddiy-ma'naviy ehtiyojlar: kitoblar, san'at 
predmetlari va boshq. Ma'naviy ehtiyojlar: san'at, baxt, sevgi, g'oya, din va sh.k. 
Shuni ham ta'kidlab o'tish joizki, o'z navbatida kelib chiqishiga ko'ra madaniy 
bo'lgan ehtiyojlar, ayni vaqtda predmetiga ko'ra moddiy va ma'naviy bo'lishi 
mumkin. 
Ehtiyoj turlari yuqorida keltirib o'tilganlardan tashqari yana birlamchi va 
ikkilamchi turlarga ham farqlanadi. Birlamchi ehtiyojlar - organizm yashash 
faoliyati uchun zarur, shart bo'lgan ehtiyojlardir. Bularga kelib chiqishiga ko'ra 
tabiiy bo'lgan ehtiyojlar qiradi. Ikkilamchi ehtiyojlarga kelib chiqishiga ko'ra 
madaniy bo'lgan ehtiyojlar kiradi va ular asosan birlamchi ehtiyojlarning 
qondirilishi uchun xizmat qiladi. Masalan uy-joy, kiyim-kechakka bo'lgan ehtiyoj 
organizmning issiq yoki sovuqqa nisbatan bo'lgan ehtiyojini qondirishga, uy-


92 
ro'zg'or buyumlari, idish-tovoqlar: qoshiq, pichoq, sanchqi va shu kabilarga bo'lgan 
ehtiyojlar, oziqlanish ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Birlamchi ehtiyojlarning 
qondirilishi ozganizmning hayotini ta'minlaydi, ularning uzoq vaqt qondirilmasligi 
organizmning nobud bo'lishiga olib keladi. Ikkilamchi ehtiyojlar, birlamchi 
ehtiyojlarga xizmat qilar ekan, ularga nisbatan bo'lgan ehtiyojlarning 
qondirilmasligi, organizmda, uning ruhiyati va xulqida jiddiy o'zgarishlarni, 
odamda norozilik va e'tirozlarni yuzaga keltirishi mumkin, lekin bular hamma vaqt 
ham organizmning nobud bo'lishiga olib kelmaydi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling