91
3 §. Ehtiyoj, motivatsion holatlar va faoliyat motivlari
Ehtiyojlar odam xulqini
yuzaga keltiruvchi asos, uni faoliyatining manbai
bo'lib hisoblanadi. Odamda ma'lum
bir sharoitda, biron nimaga zarurat tug'ilib
qolar ekan, u yuzaga kelgan taqchillikni bartaraf qilishga intiladi.
Odamning hayoti va rivojlanishi uchun zarur bo'lgan sharoitlar quyidagi
guruhlarga bo'linadi: a) odamni, tabiiy organizm sifatida
yashashi va rivojlanishi
uchun zarur bo'lgan sharoitlar (bulardan tabiiy yoki organik ehtiyojlar kelib
chiqadi); b)
odamning individium sifatida, odamzod turining vakili sifatida
yashashi va rivojlanishi uchun zarur bo'lgan sharoitlar (muloqot,
bilim va mehnat
uchun sharoitlar); v) mazkur odamning shaxs sifatida yashashi va rivojlanishi
uchun, uning individuallashtirilgan ehtiyojlarining keng
tizimini qondirish uchun
zarur bo'lgan sharoitlar.
Do'stlaringiz bilan baham: