O'zbekiston respublikasi profi universitety


konform - boshqalarning ta'siriga beriluvchanlik, suggestiv -


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

konform - boshqalarning ta'siriga beriluvchanlik, suggestiv - vnusheniyega beriluvchan, 
inonuvchan.


89 
Rigidlikning bir necha turlari mavjud: 
- sensor - qo'zg'atuvchi ta'siri to'xtaganidan so'ng ham sezgilarning ma'lum 
bir muddat davom etishi; 
motor - odatlanib qolingan harakatlarni o'zgartirishning qiyinligi; 
- hissiy - hissiy ta'sir etish to'xtaganidan so'ng ham tegishli hissiy holatni 
davom etaverishi; 
xotira - xotira obrazlarini o'rnashib qolishligi, qat'iyligi; 
- tafakkur - mulohazalar, ustanovkalar, vazifalarni yechish usullarining 
inertsiyasi. 
Rigidlikka teskari sifatlar - qayishqoqlik (uddaburonlik), harakatchanlik
adekvatlik.
Temperament xususiyatlariga yana xavotirlanish, hayajonlanish kabi 
psixik hodisani ham kiritish mumkin. Hayajonlanish - individ tomonidan xavfli 
deb hisoblanadigan vaziyatlardagi ko'tarinki hissiy qo'zg'alish, zo'riqish holatidir. 
Xavotirlanish darajasi yuqori bo'lgan shaxs xavf (tahdid) darajasiga 
noadekvat xulqni namoyon qilishga moyil bo'ladi. Xavotirlanish darajasining 
yuqoriligi stressogen vaziyatlarni idrok qilish maydonini beixtiyor toraytirib, xavf 
tug'dirayotgan voqeadan (hodisadan) qochishga intilishni yuzaga keltiradi. 
Shunday qilib, odam temperamenti uning xulqi dinamikasini, uning psixik 
jarayonlarini kechinishining o'ziga xosligini asoslab beradi. 
Odam xulqi tahlil qilinar ekan, shaxsning ayrim hislatlari jadalligi darajasiga 
ta'sir etuvchi, odam xulqining “biologik fonini” hisobga olmaslik mumkin emas. 
Odamning temperament xususiyatlari, uni xulqining psixofiziologik imkoniyatlari 
sifatida namoyon bo'ladi. Nerv jarayonlarining ko'chuvchanligi intellektning 
dinamik sifatlarini, assotsiativ jarayonlarning o'zgaruvchanligini asoslab beradi. 
Nerv jarayonlarining qo'zg'aluvchanligi - jarayonlarning yuzaga kelishini 
yengilligini va sezgilarning jadalligini, diqqatning turg'unligi, xotira obrazlarining 
iz qoldirish kuchini belgilab beradi. 
Biroq, temperament shaxsning qadriyatli mezoni bo'la olmaydi. U shaxsning 
ehtiyojlari, qiziqishlari, dunyoqarashlarini belgilab berolmaydi. Faoliyatning 
birgina turida turli temperament tipiga mansub odamlar o'zlarining kompensatorlik 
imkoniyatlari hisobiga yuqori muvaffaqiyatlarga erishishi mumkin. 
Shaxsning temperamenti emas, balki yo'nalganligi, unda oliy motivlarning 
tuban motivlardan ustunlik qilishi, o'zini-o'zi nazorat qilishi va o'zini qo'lga ola 
bilishi, ijtimoiy ahamiyatli maqsadlarga erishish uchun quyi darajadagi mayillarni 
bosa olishi, odam xulqi sifatini belgilab beradi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling